Anas ibn Malik masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Anas ibn Malik jome masjidi
Anas ibn Malik
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xolmamat domla Xurramov
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Anas ibn Malik masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan[1]. Masjid tumandagi eng eski masjidlaridan biri hisoblanadi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anas ibn Malik jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Turkiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli Alisher Navoiy koʻchasida joylashgan[2][3]. Masjidning bosh imom-xatibi Xolmamat domla Xurramov hisoblanib, namozxonlar machitga tashrif buyurgan aholi vakillari va mehmonlar, ziyoratchilar bilan doimiy muloqotda boʻlib turadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorta uchun Turkiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi, shuningdek, Alisher Navoiy koʻchasi, tor koʻchasi va unga qoʻshni boʻlgan hududlardan namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjid binosi zamonaviy talablar asosida qurilgan, namozxonlar uchun tahoratxona, bosh imom-xatibi xonasi, kutubxonadan tashrif buyuruvchilar foydalanishlari mumkin.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anas ibn Malik jome masjidi qachon, kim tomonidan qurilganligi haqida aniq dalillar yoʻq. Ushbu masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 15-avgust kunida davlat roʻyxatidan oʻtkazilib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Jome masjidning binosi namozxonlar uchun qulay va yetarli shart-sharoitlar yaratilgan boʻlib, tashqaridan kelgan har qanday mehmon, sayyoh, yoʻlovchilar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АНАС ИБН МАЛИК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „"ANAS IBN MALIK" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  3. 3,0 3,1 „"ANAS IBN MALIK" масжиди“. orginfo.uz. orginfo.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Rovaha" jome masjidida Qurbon hayiti