Amir Hamza ibn Abdumutalib masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Amir Hamza ibn Abdumutalib jome masjidi
Amir Hamza ibn Abdumutalib
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Fayzullo domla Karimov
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Amir Hamza ibn Abdumutalib masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Ushbu masjid Zangiota tumanining eski masjidlaridan biri hisoblanadi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Hamza ibn Abdumutalib jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Turkiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Turobobod mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Fayzullo domla Karimov boʻlib, masjidga tashrif buyuruvchilar bilan doimiy muloqotda boʻib turadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Turkiston qishloq fuqarolar yigʻini, Ittifoq mahallasiga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari, shuningdek, Tarnov shaharchasining mahalliy aholisi Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti hisoblangan yirik namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan zamonaviy tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud. Masjidga Mustaqillik koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinida, koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Hamza ibn Abdumutalib jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 3000 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]