Deggaron masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Deggaron masjidiBuxoro viloyati Hazora qishlogʻidagi meʼmoriy yodgorlik. 89-asrlarda qurilgan bino oʻrniga 11-asrda bunyod etilgan. Keyinchalik degrez (choʻyangar) ustalarning mahalla guzarida joylashgani uchun D.m. deb nomlangan. Tashki koʻrinishi kub shaklida, usti gumbazlar bilan yopilgan, xona ichida pishiq gʻishtdan 4 gula (ustun) ishlangan. Qolgan devori xom gʻishtdan tiklanib, yuzasi pishiq gʻisht bilan qoplangan. 4 rukn-ustun (diametri 128 sm) xonaqoh ichini devorsiz 9 qismga ajratgan, markaziy qismi nisbatan yirikroq gumbaz bilan yopilgan, boshqa qismlarga — bir tomonidan devorga, qarshi tomonidan ustunga tayantirib yana 8 ta kichik gumbaz ishlangan. 20-asrda masjidning jan. va sharqida xonaqohga taqab sinchkor ayvon qurilgan, jan. ayvon bir qator ustunli, sharqiysi (jan. ayvonga nisbatan ikki hissa keng) ikki qator ustunli. Ayvon ustunida binoning 1910 y.da qayta qurilgani qayd etilgan. Keyinchalik ayvonlari vayron boʻlgan. D. m. islomiyat davrining Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan qad. sajdagohi sifatida meʼmoriy oʻziga xosligi va sodda salobati bilan diqqatga sazovor.

Adabiyot[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil