Sayd Muhammad Vali masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sayd Muhammad Vali masjidi
Sayd Muhammad Vali jome'-masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Oʻrta Chirchiq tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Sayd Muhammad Vali masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan[1]. Mazkur masjid musulmon aholi uchun kunlik besh vaqt namoz ibodatlarini bajarish uchun foydalanishga topshirilgan. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib yuradi. Ushbu masjid 10-yanvar 1997-yilda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yuridik maqomga ega boʻlgan[2].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sayd Muhammad Vali jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi, General Ergashev koʻchasi 15-uyda joylashgan[1]. Mazkur masjid aholi gavjum joyiga qurilgan boʻlib, namoz vaqtlarida masjid binosi namozxonlar bilan doimiy ravishda toʻla boʻladi. Masjidga Qorasuv mahalla fuqarolar yigʻinining turli koʻchalaridan aholi namozni ado qilish uchun kelishadi. Shuningdek, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, Koʻklam koʻchasi, Chuvildoq aholi punkti, Galabotir mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladigan musulmonlar tashrif buyurishadi. Jomeʼ-masjidning bosh imomi Akrom domla Muhammedov boʻlib, masjidga tashrif buyurgan aholi bilan doimiy ravishda muloqotda boʻladi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur masjidning qachon va kim tomonidan tashkil etilganligi, binoning tanlanishi, eski bino loyihasi haqida deyarli yetarli manbalarga emas. Masjid atrofidagi aholi orasida turli rivoyatlar, afsonalar tarqalgan. Baʼzi maʼlumotlarga qaraganda Sayd Muhammad Valinomli sahoba boʻlgan va masjidga uning nomi berilgan. Lekin ushbu masjidning 1997-yilda davlat adliya tizimi tomonidan roʻyxatga olinganligi maʼlum[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „"САИД МУХАММАД ВАЛИ" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  2. 2,0 2,1 „"САИД МУХАММАД ВАЛИ" Масжиди“. orginfo.uz. orginfo.uz. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  3. „САЙД МУҲАММАД ВАЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.