Hazrat Umar masjidi (Toshkent)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hazrat Umar masjidi
Hazrat Umar
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Oʻrta Chirchiq tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik

Hazrat Umar masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyati hududida joylashgan. Mazkur masjid musulmon aholi uchun kunlik besh vaqt namoz ibodatlarini bajarish uchun foydalanishga topshirilgan. Jomeʼ-masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi dasturi asosida oʻz faoliyat boshqarib yuradi[1].

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrat Umar jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi Oʻrta Chirchiq tumani, Qorasuv shaharchasi, Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan. Mazkur masjid aholi gavjum joyiga qurilgan boʻlib, namoz vaqtlarida masjid binosi namozxonlar bilan doimiy ravishda toʻla boʻlib turadi. Masjidga Qorasuv mahalla fuqarolar yigʻinining turli koʻcha va mahallalaridan aholi namozni ado qilish uchun kelishadi. Shuningdek, Galabotir, Qoraqalpogʻiston koʻchasi, Koʻklam koʻchasi, Chuvildoq aholi punkti, Kirov mahalla fuqarolar yigʻini aholisi, Professor Poʻlatov mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiladigan musulmonlar tashrif buyurishadi. Jomeʼ-masjidning bosh imomi Shermatov Xusanboy Abdurashidovich boʻlib, masjidga tashrif buyurgan aholi bilan doimiy ravishda muloqotda boʻladi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mazkur masjidning qachon va kim tomonidan tashkil etilganligi, binoning tanlanishi, eski bino loyihasi haqida deyarli yetarli manbalarga emas. Masjid atrofidagi aholi orasida turli rivoyatlar, afsonalar tarqalgan. Masjid mahalliy aholi faollari, homiylar tomonidan bir necha marotoba qayti remont qilingan. Masjidga Paygʻambarimiz Muhammad (s.a.v.) sahobalari, hazrat Umar ibn Hattob nomi berilgan. Ushbu nom bilan nafaqat Respublikamiz miqyosida, balki, dunyoning koʻplab davlatlarida ham Umar ibn Hattob nomli masjidlar mavjud[2][3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „ҲАЗРАТИ УМАР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  2. „“ҲАЗРАТИ УМАР” МАСЖИДИ“. nasafziyo.uz. nasafziyo.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  3. "V Ashxabade torjestvenno otkrita novaya mechet". 23-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 23-fevral 2020-yil.