Chetsuv jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Chetsuv jome masjidi
Chetsuv jome
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Bahrom domla Ulugʻov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Chetsuv jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chetsuv jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Qurama qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Chetsuv nomli koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Bahrom domla Ulugʻov Hisoblanadi. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetku hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha ajratilgan 1.5 gektar joyda pastki yertoʻla xonasi bilan qoʻshib hisoblanganda 1000 kishiga yaqin ziyod boʻlgan xonaqoh, tahoratxona, maʼmuriy xonalar, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Qurama qishloq fuqarolar yigʻini, Chetsuv koʻchasi, Qamchiq koʻchasi, Tanga topdi mahalla fuqarolar yigʻini, Serkakirildi mahalla fuqarolar yigʻini, Chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Saiyakka mahalla fuqarolar yigʻini, Koʻk saroy mahalla fuqarolar yigʻini, Moʻkkul mahalla fuqarolar yigʻini, Mashinatop mahalla fuqarolar yigʻini, Turk qishloq mahalla fuqarolar yigʻini, Uzun boʻlak mahalla fuqarolar yigʻini, Baksuk koʻchasi, Aylanma koʻchasida yashovchilar tashrif buyurishadi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chetsuv jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 31-dekabr kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЧЕТСУВ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „"ЧЕТСУВ" ЖАМОА МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „Chetsuv jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.