Mix ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Mix ota masjidi
Hudud Navoiy viloyati
Manzil Konimex tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi

Mix ota masjidi — Navoiy viloyati Konimex tumani Qurama qishlogʻida joylashgan masjid[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mix ota masjidi Konimex tumani „Guliston“ MFY, Qurama qishlogʻida joylashgan. 1993—1995-yillar oraligʻida oʻsha davrdagi Konimex tuman hokimi Poʻlat Sulaymonovning tashabbusi bilan asosan hashar yoʻli bilan qurilgan. Namoz oʻqish honaqohi 120 nafar odamga moʻljallangan. Kadastr hujjatlari yoʻqolganligi sababli qayta tiklanmoqda[2]. Namoz oʻqish xonasi, xonaqoh, imom xatib uchun alohida xonalar, hojatxona va tahoratxonalari mavjud. Isitish tarmogʻi, yoritish chiroqlari soz holatda, atrofi obodonlashtirilgan, 4 ta kuzatuv kameralari ishlab turibdi. Qur’on oyatlaridan keltirilgan bannerlar eski, tom qismiga oʻrnatilgan karnaylar joriy taʼmirtalab holatda. Namoz oʻqish vaqtlarini koʻrsatuvchi tablo eski, koʻrsatkichlari ishlamaydi. Oxirgi bor 2016-yilda homiylar tomonidan hashar yoʻli bilan taʼmirlangan. Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi tasarrufidagi Navoiy viloyat vakilligi mas’ul tashkilot. „Mix ota“ masjidi bir vaqtning oʻzida 1 000 nafardan ortiq namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Konimexliklarning Prezidentdan masjid qurish bo‘yicha iltimosi oradan ikki yil o‘tib amalga oshdi“ (daryo.uz). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  2. „Navoiy viloyati Islomiy qadamjolar“ (uzbekistan.travel). Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. „Prezidentdan masjid qurib berishni so‘ragan konimexliklarning istagi amalga oshdi“ (kun.uz). 2023-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.