Firdavs masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Firdavs jomeʼ-masjidi
Firdavs
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Oʻrta Chirchiq tumani
Shahar Oq ota mahalla fuqarolar yig'ini
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Firdavs masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyatida joylashgan[1][2].

Masjid asosan namoz ibodatini amalga oshirish uchun moʻljallangan boʻlib, kundalik besh vaqt namoz oʻqish hamda Juma namozi, hamda, Ramazon va Qurbon hayiti namozlari jamoa tarzda oʻqilishiga moʻljallangan.

Joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Firdavs jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani tasarrufidagi Oq ota qishloq fuqarolar yigʻini, Sholikor mahalla maskanida joylashgan boʻlib. mazkur masjid 2018-yil 23-fevral kunida davlat idoralari tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan[1][3]. Masjid Toshkent yoʻli magistral yoʻl yoqasida joylashgan boʻlib, Ramazon va Qurbon hayiti kabi yirik namozlarni, hamda, Juma namozini oʻqish uchun Toshkent shahriga boruvchilar va Oʻrta Chirchiq tumani, Bekobod tumani, Piskent tumani, Bekobod va Nurafshon shaharlariga boradigan yoʻlovchilar, mehmonlar, sayyohlarga juda qulay boʻlib, ziyorat qilish uchun muhim hisoblanadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Firdavs jomeʼ-masjidiga Mahamadiyev Jobir domla Eshmatovich imom hatib hisoblanib masjida oʻqiladigan barcha namozlariga imomlik qiladi. Mazkur masjidga Sholikor mahalla fuqarolar yigʻini aholi vakillari, Shuningdek, Bogʻ, Nilufar, Xosiyatli, Nodirabegim, Ibrat, Oʻchoqli, Fazyobod shox koʻchasi aholi vakillari, Madaniyat, Bogʻishamol, Fidoyilar, Yashnobod, Yangi hayot, Qora Qipchoq, Obodonchilik, Ilgʻor, Shu’la, Ikki ovul koʻchalalarida istiqomat qiluvchi aholi vakillari kunlik besh vaqt namoz ibodatini ado qilish maqsadida tashrif buyurishadi. Shuningdek, masjidga turli millat vakillari ham turistik sifatida masjidga kelishadi. Masjidda musulmonlar uchun yetarli shart-sharoitlar, qulay boʻlgan tahoratxona, fuqarolarni qabul qilish uchun bosh imom hatib xonasi mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.
  2. „Фирдавс жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 2023-yil 23-noyabr.
  3. „"FIRDAVS" jome masjidi“. legat.by. legat.by. Qaraldi: 23-noyabr 2023-yil.