Bezak
Qiyofa
Bezak – 1) narsa, buyumlarga ishlangan naqsh, gul, pardoz; amaliy sanʼat va meʼmorlikda keng ishlatiladi. Oʻsimliksimon (islimiy) va handasiy (girih) naqshlar bezatilayotgan yuza (buyum sirti)da boʻyama, chizma, oʻyma, bosma, qadama va boshqa usullarda, meʼmorlikda shuningdek gʻisht va boshqalarni turlicha terib hosil qilinadi; 2) ziynat beruvchi buyum. Zargarlikda taqinchoqlar, miskarlikda suvdon, kosa, piyola; zardoʻzlik yoki kashtadoʻzlikda choyxalta, oynaxalta, dorpech, kirpech, qoziqdungi va boshqalar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |