Buxoriy yodgorlik majmui

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buxoriy yodgorlik majmui, Imom alBuxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom alBuxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. 16-asrda Imom alBuxoriy kabri ustiga gina makbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan karovsiz ahvolga tushib qolgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng Imom alBuxoriy kabi butun umrini iymon va e’tiqod, ilmma’rifat, diyonat yo‘lida baxshida etgan ulug‘ zotlar xotiralarini e’zozlash. ular nomlari bilan boglik joylarni obodonlashtirishga alohida e’tibor berila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 29 apreldagi "Imom alBuxoriy tavalludining hijriyqamariy taqvim bo‘yicha 1225 yilligini nishonlash to‘g‘risida"gi qarori asosida allomaning maqbarasi o‘rnida maxsus yodgorlik majmui barpo etildi. Bu yodgorlik majmui O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida yaratilgan loyiha asosida Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Andijon, Namangan, Qo‘qon, Shahrisabz xalq ustalari tomonidan 1998 yilda qurildi.Majmua avvalambor ziyoratgoh, muqaddas qadamjo, so‘ng kundalik, juma, hayit namozlari o‘qiladigan joy vazifasini o‘taydi. Bu yerda hadis ilminm o‘rganish va boshqa ma’rifii ishlarni amalga oshirish ham ko‘zlangan. G‘.lgorlik majmuining bosh rejasini tuzishda an’anaviy milliy me’moriy yechimlar (peshtoq, ravoq, gumbaz, ayvon va boshqalar) asosida barpo etilgan binolar (maqbara, masjid, ma’muriy va boshqa inshootlar) ning hovli atrofida r bilan bezatilgan. Maqbara markazida oqishko‘k shaffof oniks toshdan ishlangan sag‘ana o‘rnatilgan. Maqbaraning o‘ng tomonidagi eshikdan zina orqali maqbaraning ostki qavatiga — daxmaga tushiladi. Yuqori qavatdagi sag‘ananing aynan ostida Imom alBuxoriy jasadlari qo‘yilgan qabr marmartosh bilan qoplangan.Hovlining chap tomonida masjid joylashgan. Masjid — xonaqrhning umumiy maydoni 786 kv.m. Peshayvonining umumiy maydoni 214 kv. m. Xonaqohva peshayvonda 1500 ga yaqin kishi namoz o‘qishi mumkin. Hovlining o‘ng qanotida ham peshtoqli va miyonsaroyli bino bor. Miyonsaroy gumbazi ham boshqa gumbazlar bilan bir xil shaklda va o‘lchamda qurilgan. Bu binoda kutubxona, ilmiy xodimlar xonasi va boshqa yumushlarga mo‘ljallangan xonalar mavjud. Bularning umumiy maydoni 946 kv. m. Peshayvonining maydoni 110 kv.m. Kutubxonada Qur’oni karimning noyob qo‘lyozmalari, turli nashrlari, Imom alBuxoriy asarlarining nashrlari va boshqa kitoblar bor. Majmua to‘rida — maqbaraning orqa tarafida hadis ilmini o‘rganishga mo‘ljallangan o‘quv markazi — "Dorul hadio binosi joylashgan.Abduqahhor Turdiyev, Murodjon Aminov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil