Qushtamgʻali jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qushtamgʻali jome masjidi
Qushtamgʻali
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Usmonxo'ja domla Orifjonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Qushtamgʻali jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qushtamgʻali jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Bekobod nomidagi qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Pastki qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Usmonxoʻja domla Orifjonov hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha 0.75 gektar joyda 2000 kishiga yaqin boʻlgan maʼmuriy namozxonalar, tahoratxona, xonaqoh, maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Jome masjid Kirov kanalining yoqasida joylashgan. Mazkur masjidga Bekobod qishloq fuqarolar yigʻini, Farxod mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Shirin mahalla fuqarolar yigʻini, Yuqori qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻrta qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻini, Pastki qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻini, Ming chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Madaniyat mahalla fuqarolar yigʻini, Tuyachi mahalla fuqarolar yigʻini, Qoraqum mahalla fuqarolar yigʻini, Sarmich mahalla fuqarolar yigʻini, Turkman qishlogʻining koʻchalari, Neyman mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻini, Tukboy mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi obod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qushtamgʻali jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ҚУШТАМҒАЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „Qushtamg‘ali jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.