Muhammadiya masjidi
Masjid | |
Muhammadiya masjidi | |
Mamlakat | Malayziya |
Perak shtati | Kinta tumani, Ipoh shahri |
Koordinatalar | 4°38′57.7″N 101°6′26.7″E / 4.649361°N 101.107417°E |
Yoʻnalishi | sunniy |
Masjid turi | Masjid |
Meʼmoriy uslub | Xitoy meʼmorchiligi |
Meʼmor | Noor Dahlan |
Binokorlik sanasi | 2013 yil |
Oʻlchami | 1 500 nafar |
Bino maydoni | 0.4 gektar |
Minoralar soni | 1 |
Minoralar soni | 1 |
Muhammadiya masjidi Vikiomborda |
Muhammadiya masjidi (malaycha: Masjid Muhammadiah) – Malayziyaning Perak shtati Kinta tumani, Ipoh shahrida joylashgan masjid.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda masjid joylashgan hududda 1973-yilda Muhammadiya madrasasi qurilgan. 1978-yilda esa u yerda kichik surau (Sumatra va Malay yarimorolining baʼzi hududlarida ibodat qilish va diniy taʼlim berish maqsadida foydalaniladigan islomiy majlis binosi) qurilgan va 2007-yilning 21-dekabrida masjidga aylantirilgan[1]. Binodan 2013-yil avgust oyidan kundalik namoz oʻqish uchun foydalanila boshlangan[2]. Muhammadiya masjidi 2014-yil 18-iyulda Perak sultoni Nazrinshoh tomonidan rasman ochib berilgan. Bu mamlakatdagi Xitoy uslubida qurilgan ikkinchi masjid hisoblanadi[3]. Inshootni qurish ishlariga jami Malayziya Xitoy musulmonlari uyushmasining Ipoh boʻlimi va masjid qoʻmitasining saʼy-harakatlari bilan 4 million MYR sarflangan[4]. 2019-yilning avgust oyida masjidni obodonlashtirish maqsadida taraqqiyot va taʼlim markazi uchun zal qurish ishlari bilan boshlangan[2].
Arxitekturasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Masjid Xitoy meʼmorchiligi uslubi asosida 0.4 gektar maydonda qurilgan[3][5]. Binoning yarim oy shaklidagi kirish eshigi, yashil tomlari, qizil ustunlari va minorasi mavjud[4]. Masjid tomlari Xitoyning Longyan shahridan keltirilgan. Bosh namozxonaning shifti lotus gullari naqshlari bilan bezatilgan[3]. Masjid bir vaqtning oʻzida 2000 tagacha namozxonni sigʻdira oladi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „Masjid Muhammadiah“ [Muhammadiah Mosque] (ms). Jabatan Kemajian Islam Malaysia. Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
- ↑ 2,0 2,1 Adnan, Normawati. „Naik taraf dewan Masjid Muhammadiah bermula Ogos“ (ms). Sinar Harian (2019-yil 16-iyun). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 Mat Arif, Zahratulhayat. „Chinese mosque celebrates all races during Ramadan“. New Straits Times (2019-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
- ↑ 4,0 4,1 Leong, Ewe Paik. „10 tourist attractions in the Kinta Valley“. New Straits Times (2017-yil 16-fevral). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.
- ↑ Yeo, Amanda. „Towards healthy, liveable cities“. New Straits Times (2021-yil 13-may). Qaraldi: 2021-yil 19-iyul.