Odil ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Odil ota jome masjidi
Odil ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Zarkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Zarkent qoʻrgʻoni, Iftixor koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Anvarxoʻja domla Umriyayev
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Odil ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odil ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Zarkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Zarkent qoʻrgʻoni, Iftixor koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 550 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Anvarxoʻja domla Umriyayev hisoblanadi. Mazkur masjidga Zarkent qoʻrgʻoni, Sharof Rashidov mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yigʻini, Zarkent mahalla fuqarolar yigʻini, Iftixor mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Obod yurt mahalla fuqarolar yigʻini, Qora saroy mahalla fuqarolar yigʻini, Boʻzsuv mahalla fuqarolar yigʻini, Parkent mahalla fuqarolar yigʻini, Minor mahalla fuqarolar yigʻini, qoʻshdaryo mahalla fuqarolar yigʻini, Guliston mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Odil ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli manbalar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 23-oktabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ОДИЛ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"ODIL OTA"Jome masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.