Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qutayba Ibn Muslim
Joylashuv Andijon viloyati
Material pishgan g'isht
Balandligi 20 m
Qurilish tamomlangan 1975-yilda
Xarita

Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi — Andijon viloyati Jalaquduq tumani Qilichmozor qishlogʻida joylashgan ziyoratgohdir[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qutayba Ibn Muslim 661-yilda hozirgi Iroq davlati qadimgi Shomda Boksilida tug‘ilgan. U eng qadimiy arab qabilasining Bahiliy qavmidan bo‘lgan. 704-yilda Xurosonga hokim etib tayinlanadi. Xalifalik hududi bilan yangi boʻysunmagan yerlar orasidagi yerlarni uzoq vaqt ajratib turgan Amudaryodan oʻtib, Qutayba qoʻshinlari 708-yilda Keshni, 709-yilda Buxoroni, 712-yilda Xorazm va Samarqandni, 713-yilda Choshni (hozirgi Toshkent) egalladi. Keyinchalik 714-yilda Qutayba Ibn Muslim Fargʻona vodiysini egallaydi[2].

Xuroson va Movarounnahr o‘lkalarida Islom dinini mustahkamlash yo‘lida jonini qurbon qilgan. U Xurosonda vafot etgan va dafn etilgan. Uning dahmasi Farg‘ona vodiysida joylashgan. Qutayba Ibn Muslim 715-melodiy yili muqaddam Jalaquduq tumani Qilichmozor qishlogʻiga dafn qilingan. 1935 — 1936-yillarda maqbara dahriylar tomonidan buzib tashlangan. Qutayba Ibn Muslim ziyoratgohi atrofida topilayotgan meʼmoriy bezak qoplamalarining boʻlaklari tayyorlanish texnikasi va oʻlchamlariga koʻra ikki, yaʼni X — XIII va XIV — XV asrlarga tegishli ekanligini anglatadi. Ziyoratgohdan topilgan kvadrat shaklidagi pishgan gʻishtlar oʻlchamlariga koʻra Qoraxoniylar va Temuriylar davriga oid qurilish materiallari foydalanilgani bildiradi[3].

Qadimgi tarixchi Narshaxiyning qo‘lyozmasida arab sarkardasining qabrlaridan biri „Mozor-buva“ nomi bilan qayd etilgani keltirib o‘tilgan.

Farg‘ona vodiysidagi Qutayba Ibn Muslim dafn etilgan joyga samarqandlik ustalar Amir Temurning buyrug‘i bilan katta maqbara barpo etishgan. O‘sha paytda maqbaraning maydoni 5 gektar hududni egallagan bo‘lib, maqbaraning o‘zi 20 metr balandlikka yetgan. Qabr ustida eng dastlabki paxsadan koʻtarilgan toʻrtburchak supasimon inshoot qayd etgan. Sifatli loydan yaxshi pishirilgan paxsa yordamida tiklangan. Paxsa juda qattiq va yaxshi saqlangan. Supasimon inshoot pishirilgan somonli loydan bir necha marta suvalib taʼmirlangan. 1935 — 1940-yillarda qayta taʼmirlangan. 1975-yilda Andijon viloyati rahbari Bektosh Raximov boshchiligida qabr ustiga maqbara qurdirgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]