Doʻrmon masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Doʻrmon masjidi — Navoiy viloyati Karmana shaharchasida joylashgan masjid[1]. Masjid Navoiy viloyati adlya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid
Doʻrmon
Hudud Navoiy viloyati
Manzil Karmana tumani
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Holati amaldagi

Doʻrmon — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Doʻrmon moʻgʻulcha „toʻrt“ demakdir. Toʻrtta urugʻdan tashkil topgani uchun shunday atalgan boʻlishi mumkin. Doʻrmon qabilasi XV asrda Oʻzbek ulusida katta nufuzga ega boʻlgan. Doʻrmonlar XVI asr boshlaridan eʼtiboran Oʻrta Osiyo hududiga kelib oʻrnashib, Buxoro xonligining siyosiy hayotida faol qatnashgan. Doʻrmonning bir qismi Toshkent vohasiga kelib joylashgan va joy nomi atamasi sifatida saqlanib qolgan[2].

Masjid qadimgi ipak yoʻli yaqinida joylashgani sababli, safarda yurgan, musofir kishilar uchun ziyorat qilib namoz oʻqib ketadigan makon boʻlgan. Sobiq tuzum davrida masjid binosidan omborxona va turli maqsadlarda foydalanishgan. Natijada masjid binosi birmuncha eskirib taʼmirtalab boʻlib qolgan edi. 1998-yilda bu masjid Navoiy viloyati adlya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingach, xashar yoʻli bilan masjid binosi qaytadan taʼmirlandi va masjid xovlisi obod qilindi. 2012-yilda masjidning eski taxoratxonasi oʻrnida zamon talablari asosida yangi taxoratxona qurilib foydalanishga topshirildi[3].

Masjid bogʻi obodonlashtirildi, turli xil mevali va manzarali daraxtlar va gullaroʻtqazildi. Xozirda masjid oʻz binosiga 180—200 kishini sigʻdira oladi. Juma va Hayit namozlarida bu masjid namozxon va ziyoratchilar bilan gavjum boʻladi. Namoz oʻqish xonasi, xonaqoh, imom xatibi uchun alohida xonalar, va tahoratxonalari mavjud. Isitish tarmogʻi, yoritish chiroqlari soz holatda, atrofi obodonlashtirilgan, kuzatuv kameralari mavjud. Qur’on oyatlaridan keltirilgan bannerlar eski, tom qismiga oʻrnatilgan karnaylar joriy taʼmirtalab holatda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Navoiy viloyati Islomiy qadamjolar“ (uzbekistan.travel). Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.
  2. „ДЎРМОН“ («toshkent» ensiklopediyasi). 2020-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 27-iyul.
  3. „Navoiy viloyatidagi “Do‘rmon” masjidi yangidan quriladi“ (daryo.uz). 2023-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-iyul.