Doʻstlik jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Do'stlik jome masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Do'stlik jome masjidi
Do'stlik
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Umar domla Fozilov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Doʻstlik jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻstlik jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Umar domla Fozilov hisoblanadi. Ushbu masjid Bekobod tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Jome masjid 600 kishiga yaqin boʻlgan maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Doʻstlik mahala fuqarolar yigʻini, Zarbdor mahala fuqarolar yigʻini, Savrak mahala fuqarolar yigʻini, Oybek mahala fuqarolar yigʻini, Savran mahala fuqarolar yigʻini, Telmon mahala fuqarolar yigʻini, Sholikor mahala fuqarolar yigʻini, hamda, Chanoq mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi mahalliy aholi vakillari, hamda, namozxonlar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doʻstlik jome masjidining qachon bunyod etilganligi haqida toʻliq maʼlumot yoʻq. Jome masjid binosi mahalliy aholi vakillari, homiylar tomonidan taʼmirlab turiladi. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu joyning nomi qilib – „Doʻstlik“ deya nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ДЎСТЛИК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Do‘stlik jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.