Gʻisht koʻprik masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Gʻisht koʻprik masjidi
Gʻisht koʻprik masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xudoyqul domla Roʻzanov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Gʻisht koʻprik masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻisht koʻprik masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Gʻisht koʻprik nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Sulola koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Xudoyqul domla Roʻzanov boʻlib, ushbu masjidga Gʻisht koʻprik nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Sulola koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan hududlardan, jumladan, Chimboy koʻchasi, Sarke koʻchasi, I. Qorakulovoy koʻchasi, Abay koʻchasi, Beshbarmoq koʻchasi, S. Maulenova koʻchasi, Gʻisht koʻprik koʻchasi, Sanoat koʻchasi, Gulsanam mahalla fuqarolar yigʻini, Taraqqiyot koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Qashqarlik koʻchasi, Madaniyat koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gʻisht koʻprik jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Mazkur masjid turli yillar davomida, bir necha marotoba qayta bunyod etilgan. Masjidga mahalliy aholi vakillari va Toshkent viloyati musulmonlar idorasi tomonidan ushbu hududning nomi berilgan. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ҒИШТ КЎПРИК ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „G‘isht ko‘prik jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

08.09.2022 Gʻisht koʻprik masjidiga tashrif