Islom Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Islom Abdugʻaniyevich Karimov
Islom Abdugʻaniyevich Karimov
Oʻzbekiston Prezidenti
1991-yil 29-dekabrdan — 2016-yil 2-sentabrgacha
Hukumat boshlig‘i: Shukrullo Mirsaidov
Abdulhoshim Mutalov
Oʻtkir Sultonov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: lavozim taʻsis etilgan; uning oʻzi OʻzSSR Prezidenti sifatida
Vorisi: Nigʻmatilla Yoʻldoshev (muvaqqat prezident)
Shavkat Mirziyoyev (muvaqqat prezident)
Shavkat Mirziyoyev
OʻzSSR KP MQ birinchi kotibi
1989-yil 23-iyundan — 1991-yil 14-sentabrgacha
Oʻtmishdoshi: Rafiq Nishonov
Vorisi: lavozim tugatilgan
 
Tavalludi: 30-yanvar, 1938-yil(1938-01-30)
Samarqand, Oʻzbekiston SSR
Vafoti: 2-sentabr, 2016-yil(2016-09-02)
(78 yoshda)
Toshkent, Oʻzbekiston Respublikasi
Otasi: Abdug'ani Karimov
Onasi: Sanobar Karimova
Bolalari: qizlari:Gulnora Karimova
Lola Karimova-Tillayeva
 
Mukofotlari:
Oʻzbekiston qahramoni
“Mustaqillik” ordeni
"Buyuk xizmatlati uchun" ordeni kavaleri
Doʻstlik ordeni
Amir Temur ordeni
"Menat Qizil bayroq" ordeni kavaleri
Xalqlar doʻstligi ordeni
Buyuk Vitautas oltin zanjirli ordeni Order Stara planina ribbon.png Polsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni
Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni AltynKiran 1.png Oltin moʻyna ordeni
Uch yulduz ordeni I darajali Knyaz Yaroslav Mudriy ordeni Order for Merit of Ukraine.png
Fuqarolik xizmatlari uchun ordeni (Ispaniya) Serbiya Respublikasi lentali ordeni
Mugunxva ordeni Відзнака Президента України «Іменна вогнепальна зброя».png
I darajali muqaddas sadoqatli Knyaz Daniil Moskovskiy ordeni Şeyxülislam ordeni.jpg

Islom Abdugʻaniyevich Karimov (1938-yil 30-yanvar, Samarqand shahri — 2016-yil 2-sentabr, Toshkent shahri[1]) — davlat va siyosat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasining birinchi prezidenti. Oʻzbekiston Qahramoni (1994). Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qoʻmondoni va 2007-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi, 2015-yilgi prezidentlik saylovlari gʻolibi. Oʻzbekiston mustaqilligi eʼlon qilingunga qadar OʻzSSR kommunistik partiyasi birinchi kotibi. 1991-yildan umrining oxiriga qadar Oʻzbekiston Prezidenti. Islom Karimov boshchiligida Oʻzbekiston oʻzining Konstitutsiyasiga ega boʻldi, BMTda tan olindi va MDH davlatlari bilan teng huquqli aloqalarni olib borgan.

Hayoti va faoliyati

Islom Karimov xizmatchi oilasida tugʻilgan. Oʻrta Osiyo politexnika instituti (1960), Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (1967) tugatgan.

Mehnat faoliyati

Mehnat faoliyatini 1960-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi mashinasozligi ("Tashselmash") zavodida master yordamchiligidan boshladi. Soʻng mazkur korxonada master, texnolog. 1961-yildan 1966-yilgacha V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor boʻlib ishladi. 1966-yilda Oʻzbekiston Davlat plan komitetiga ishga oʻtib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi oʻrinbosarigacha boʻlgan yoʻlni bosib oʻtdi. 1983-yildan Oʻzbekiston SSR Moliya vaziri, 1986-yildan Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti raisining oʻrinbosari — respublika Davlat plan komitetining raisi. 198689-yillarda Oʻzbekiston KP Qashqadaryo viloyat komitetining birinchi kotibi, 1989-yil iyunidan Oʻzbekiston KP MK birinchi kotibi. 1990-yil 24-martda Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida Islom Karimov Oʻzbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.

Siyosiy faoliyati

1991-yil 31-avgustda Karimov tarixiy voqea — Oʻzbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini eʼlon qildi. 1991-yil 29-dekabrda muqobillik asosida oʻtkazilgan umumxalq saylovida Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. 1995-yil 26-martda boʻlib oʻtgan umumxalq referendumi yakunlariga koʻra, Karimovning Prezidentlik vakolati 2000-yilga qadar uzaytirildi. 2000-yil 9-yanvarda u muqobillik asosida Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti etib qayta saylandi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- va 93-moddalariga muvofiq, Karimov ayni vaqtda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qoʻmondonidir.

Ilmiy faoliyati

Karimov Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (1994), shuningdek, iqtisod, fan, taʼlimni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchun oʻndan ortiq xorijiy mamlakat universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, professor hamda akademikligiga saylangan. Uning

  1. "Oʻzbekistonning oʻz istiqlol va taraqqiyot yoʻli" (1992),
  2. "Yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang" (1993),
  3. "Oʻzbekiston — bozor munosabatlariga oʻtishning oʻziga xos yoʻli" (1993),
  4. "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" (1994),
  5. "Istiqlol va maʼnaviyat" (1994),
  6. "Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir" (1995),
  7. "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" (1997),
  8. "Barkamol avlod orzusi" (1998),
  9. "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" (1998),
  10. "Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq" (1998),
  11. "Olloh qalbimizda, yuragimizda" (1999),
  12. "Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot — pirovard maqsadimiz" (2000),
  13. "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" (2001),
  14. "Oʻzbekistonda demokratik oʻzgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yoʻnalishlari" (2002)

va boshqa asarlarida iqtisodiyot, ijtimoiy-siyosiy taraqqiyotning dolzarb masalalari tadqiq qilingan, Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosati ilmiy asoslab berilgan, hozirgi va istiqboldagi vazifalar koʻrsatib oʻtilgan. Uning asarlari ingliz, rus, fransuz, ispan, nemis, hind, xitoy, arab, koreys, turk va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilinib, bir necha bor nashr etilgan.

Amalga oshirgan ishlari

« Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun, uning farovon hayoti uchun xizmat qilishi kerak. [2] »

Oʻzbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan barcha yutuqlarni haqli ravishda Karimov nomi va faoliyati bilan bogʻlaydi. U sobiq sovet tuzumidan keyin paydo boʻlgan beqaror, notinch davrda Oʻzbekiston jamiyatida barqarorlik va ishonchni paydo qila oldi, xalqi oldiga millatni yuksaklarga koʻtaradigan ulkan maqsad va vazifalar qoʻydi. Karimov Oʻzbekistonda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy oʻzgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi, mamlakatning istiqol dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yoʻlini belgilab bergan atoqi davlat arbobidir. Karimov demokratik talablar va xalqaro mezonlarga toʻla javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir. U markaziy hokimiyat va uning joylardagi boʻgʻinlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uygʻunlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi. Oʻzbekiston xalqining oʻziga xos xususiyatlari hamda ilgʻor jahon tajribalarini mujassamlashtirgan iqtisodiy islohotlarning yangi modelini ishlab chiqdi. Bu rivojlanish yoʻli iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi, qonun ustuvorligi, oʻtish davrida davlatning bosh islohotchilik roli, islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish, kuchli ijtimoiy himoyadan iborat 5 tamoyilni oʻz ichiga oladi va u dunyoda "oʻzbek modeli" deb eʼtirof etilgan. Karimov rahbarligi va bevosita ishtirokida Oʻzbekiston turli-tuman "sakrash"lar, "falaj qilib davolash"lardan voz kechib, bozor iqtisodiyotiga oʻtishda oʻziga xos yoʻldan bordi va puxta oʻylangan dastur asosida mamlakat iqtisodiy poydevorini qura boshladi. Qisqa vaqt ichida mamlakat neft va neft mahsulotlari, gʻalla mustaqilligiga erishdi. Oʻzbekiston Respublikasida yuksak sifatli oltin va gaz qazib olish keskin darajada koʻpaydi, ishlab chiqarishning yangi sohalari, mas., avtomobilsozlik sanoati barpo etildi. Karimov Oʻzbekiston davlatining hududiy yaxlitligini, sarhadlari daxlsizligini himoya qilishga qodir qurolli kuchlar, chegara va ichki qoʻshinlarni zamonaviy islohotlar asosida tashkil etish ishiga rahbarlik qildi. KPSS MK boshchiligidagi mustabid kuchlar Oʻzbekistonda adolatsizlik va tazyiqlarni avj oldirgan yillarda oʻzbek nomini nohaq tahqir va haqoratlardan himoya qilish, xalqning or-nomusini, milliy gʻururini tiklashda fidoyilik namunasini koʻrsatdi.

2012-yilgi ShHT sammitida

Karimov jahon siyosat olamida hamisha ilgʻor fikrlarni ilgari suradigan, tashabbuskor, oʻz nuqtai nazarini qatʼiy himoya qilib, oldiga qoʻyilgan maqsadga erisha oladigan shaxs sifatida tanilgan. U sobitqadamlik bilan tinchlik va hamjihatlik siyosatini yuritib keldi. Karimov yuksak xalqaro uchrashuvlarda birinchilardan boʻlib 21-asr vabosi hisoblanmish terrorchilikka va u bilan chambarchas bogʻliq narkobiznesga qarshi faqat hamjihatliqda kurashish zarurligini, mazkur dahshatli tahdid manbalarini bartaraf etish va Markaziy Osiyo mintaqasida "xavfsizlik kamari"ni shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini yaratish kerakligini taʼkidlab keldi. Xalqaro maydonda Oʻzbekistonning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirish, uning qadimgi boy madaniyati va bugungi ulkan salohiyatini dunyoga tanitishda buyuk xizmat qildi. Oʻzbekiston BMTga aʼzo boʻlib kirdi (1992 yil, 2-mart), deyarli barcha nufuzli xalqaro tashkilotlar va mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, 120 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa oʻrnatdi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻydi. Oʻzbekiston oʻzining tinchliksevar tashqi siyosati, Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, mintaqa mamlakatlari oʻrtasida yagona iqtisodiy makonni vujudga keltirish, Orol dengizi muammolarini jahon hamjamiyati koʻmagida har tomonlama hal etishga qaratilgan bir qator tashabbuslari bilan xalqaro maydonda tanildi, oʻz nufuziga ega boʻldi. Jamiyatda maʼnaviy poklanish va yuksalishga erishish, eski aqidalardan xalos boʻlish, shu asosda milliy istiqlol gʻoyasini yaratish va hayotga tatbiq etish uchun maʼnaviy qadriyatlarga hurmat-ehtirom bilan munosabatda boʻlish, ularni asrab-avaylash va rivojlantirish, xalqqa oʻzining muqaddas dini, urf-odatlarini qaytarib berish, tarixiy merosini tiklash, sogʻlom avlodni voyaga yetkazish vazifalarini Karimov yurtimizda davlat siyosati darajasiga koʻtardi. Karimovning 21-asr boʻsagʻasida oʻzbek millatining oʻzligini anglashi, uning qadr-qimmatini joyiga qoʻyish, oʻzbek nomini butun dunyoga tarannum etishda qoʻshgan hissasi ayniqsa beqiyosdir. U odamlarning tafakkurini oʻzgartirish, ularning ongida yangi milliy gʻoya, milliy mafkura asoslarini shakllantirish va mustahkamlash, kadrlar tayyorlash milliy dasturini yaratish va uni amalga oshirishga rahnamolik qildi. Mahallaning davlat va jamiyat boshqaruvidagi nufuzini oshirish, vakolat va huquqlarini kengaytirish, fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish tizimi sifatida uni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash tashabbuskori boʻldi. Karimov yangi turar joylar qurish, shu jumladan, ulugʻ ajdodlarimizning qadam-jolarini obod qilish, iqtisodiy salohiyatni oshirishda katta oʻrin tutadigan yirik-yirik korxonalarni bunyod etish, shahar-qishloqlar, avvalambor, poytaxt Toshkentning shakl-qiyofasini tubdan oʻzgartirish ishlariga bevosita rahbarlik qilib keldi.

Karimov mustaqil Oʻzbekiston davlati va davlatchiligini barpo qilish, demokratik fuqarolik jamiyati qurish asoslarini yaratdi, yangi asrda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqdi, yorugʻ istiqbol yoʻlida xalqni birlashtirib, uni ulugʻ maqsadlar sari boshlab borgan.

Xorijiy davlatlarga tashriflar

Quyida Prezident Islom Karimovning davlat rahbari sifatida xorijiy davlatlarga qilgan rasmiy tashriflari keltirilgan[3]:

# Davlat Tashrif sanasi Sabab
125 Rossiya bayrogʻi Rossiya 03-05.01.2013 ikki tomonlama munosabatlar
124 Latviya bayrogʻi Latviya 10-12.10.2013 ikki tomonlama munosabatlar
123 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 14-17.09.2014 ikki tomonlama munosabatlar
122 Isroil bayrogʻi Isroil 20-21.03.2015 ikki tomonlama munosabatlar
121 Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 10-12.06.2015 ikki tomonlama munosabatlar
120 Fransiya bayrogʻi Fransiya 23-26.09.2015 ikki tomonlama munosabatlar
119 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 15-16.10.2012 Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi (MDH) Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
118 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 15-16.10.2012 ikki tomonlama munosabatlar
117 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 01-02.10.2012 ikki tomonlama munosabatlar
116 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 06-07.09.2012 ikki tomonlama munosabatlar
115 Xitoy bayrogʻi Xitoy 05-07.06.2012 Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashining 12-majlisi
114 Rossiya bayrogʻi Rossiya 20-21.12.2011 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti va Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi oliy organlarining Moskva shahrida bo’lib o’tgan sessiyalari
113 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 14-15.06.2011 Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi
112 Hindiston bayrogʻi Hindiston 17-18.05.2011 ikki tomonlama munosabatlar
111 Xitoy bayrogʻi Xitoy 19-20.04.2011 ikki tomonlama munosabatlar
110 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 18.02.2011 Imperator Akihito, Bosh vazir Naoto Kan, Yaponiya Parlamentining yuqori va quyi palatalari raislari bilan uchrashuv
109 Belgiya bayrogʻi Belgiya 24.01.2011 NATO Bosh kotibi Anders Fogh Rasmussen bilan uchrashdi
108 Rossiya bayrogʻi Rossiya 10.12.2010 ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi
107 Qatar bayrogʻi Qatar 23-24.11.2010 ikki tomonlama munosabatlar
106 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 19-20.10.2010 ikki tomonlama munosabatlar, O‘zbekiston va Turkmaniston xalqlarining do‘stlik festivali
105 AQSH bayrogʻi AQSH 20.09.2010 BMT Bosh Assambleyasining Mingyillik rivojlanish maqsadlari bo‘yicha oliy darajadagi yalpi majlisi
104 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 10-12.02.2010 ikki tomonlama munosabatlar, Ustyurt gaz-kimyo majmuini qurish va konni o‘zlashtirish loyihasi
103 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 13-14.12.2009 ikki tomonlama munosabatlar
102 Oman bayrogʻi Oman 04-05.10.2009 ikki tomonlama munosabatlar
101 Rossiya bayrogʻi Rossiya 14-16.06.2009 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi, Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi sammiti
100 Braziliya bayrogʻi Braziliya 26-28.05.2009 ikki tomonlama munosabatlar
99 Rossiya bayrogʻi Rossiya 04.02.2009 Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) Kollektiv xavfsizlik kengashi sessiyasi
98 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 09-10.10.2008 Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi Davlat rahbarlari kengashi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashi majlislari hamda Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining uchrashuvi
97 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 11-14.09.2008 ikki tomonlama munosabatlar
96 Rossiya bayrogʻi Rossiya 05-06.09.2008 ikki tomonlama munosabatlar, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (ODKB) sammiti
95 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 27-28.08.2008 Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari majlisi
94 Xitoy bayrogʻi Xitoy 08-09.08.2008 Yozgi Olimpiada oʻyinlari 2008 ochilish marosimi
93 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 22-23.04.2008 ikki tomonlama munosabatlar
92 Ruminiya bayrogʻi Ruminiya 03-04.04.2008 Buxarestda NATO/Yevroatlantika hamkorlik kengashi sammiti
91 BAA bayrogʻi Birlashgan Arab Amirliklari 17-18.03.2008 ikki tomonlama munosabatlar
90 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 24-26.02.2008 Lee Myon-bakning o‘z lavozimini bajarishga rasman kirishish marosimi
89 Rossiya bayrogʻi Rossiya 05-06.02.2008 ikki tomonlama munosabatlar
88 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 18-19.10.2007 ikki tomonlama munosabatlar
87 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 05-06.10.2007 Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari majlisi, Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati Davlatlararo kengashining majlisi, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti Kollektiv xavfsizlik kengashining sessiyasi
86 Misr bayrogʻi Misr 17-19.04.2007 ikki tomonlama munosabatlar qo‘shma bayonoti
85 Singapur bayrogʻi Singapur 25.01.2007 ikki tomonlama munosabatlar
84 Belorussiya bayrogʻi Belarus 22-25.06.2006 Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati majlisi
83 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 17.06.2006 Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning (OHICHK) sammiti
82 Pokiston bayrogʻi Pokiston 02-05.05.2006 ikki tomonlama munosabatlar
81 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 29-30.03.2006 ikki tomonlama munosabatlar
80 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 10-11.01.2006 ikki tomonlama munosabatlar
79 Rossiya bayrogʻi Rossiya 14.11.2005 ikki tomonlama munosabatlar
78 Rossiya bayrogʻi Rossiya 06-09.10.2005 "Markaziy Osiyo hamkorligi" majlisi
77 Moldova bayrogʻi Moldova 02-03.10.2005 ikki tomonlama munosabatlar
76 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 04.07.2005 Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar rahbarlari sammiti
75 Rossiya bayrogʻi Rossiya 28.06.2005 ikki tomonlama munosabatlar
74 Xitoy bayrogʻi Xitoy 25.05.2005 ikki tomonlama munosabatlar
73 Hindiston bayrogʻi Hindiston 04.04.2005 ikki tomonlama munosabatlar
72 Xatolik! 15.03.2005 ikki tomonlama munosabatlar
71 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 17-18.08.2004 "Markaziy Osiyo Hamkorligi" majlisi
70 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 02-03.07.2004 MDH davlatlari sammiti
70 Rossiya bayrogʻi Rossiya 02-03.07.2004 ikki tomonlama munosabatlar
69 Rossiya bayrogʻi Rossiya 15-18.04.2004 ikki tomonlama munosabatlar
68 Latviya bayrogʻi Latviya 07-08.04.2004 ikki tomonlama munosabatlar
67 Quvayt bayrogʻi Quvayt 19-20.01.2004 ikki tomonlama munosabatlar
66 Gruziya bayrogʻi Gurjiston 09-10.10.2003 ikki tomonlama munosabatlar
65 Ukraina bayrogʻi Ukraina 18-19.09.2003 Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlat rahbarlarining Kengashi
64 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 05-06.07.2003 "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkiloti davlat rahbarlari sammiti
63 Eron bayrogʻi Eron 17-18.06.2003 ikki tomonlama munosabatlar
62 Rossiya bayrogʻi Rossiya 29.05.2003 Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) ishtirokchi-davlatlar rahbarlari sammiti
61 Ispaniya bayrogʻi Ispaniya 27-29.01.2003 ikki tomonlama munosabatlar
60 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 27.12.2002 "Markaziy Osiyo hamkorligi" (MOH) tashkilotining ishtirokchi-davlatlari rahbarlari sammiti
59 Chexiya bayrogʻi Chexiya 21.11.2002 ikki tomonlama munosabatlar, NATO-yevroatlantik sheriklik Kengashi sammiti
58 Vengriya bayrogʻi Mojariston 27.10.2002 ikki tomonlama munosabatlar
57 Moldova bayrogʻi Moldova 07.10.2002 Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) sammiti
56 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 05-06.10.2002 "Markaziy Osiyo hamkorligi" tashkilotining sammiti
55 Flag of Lithuania.svg Litva 23.09.2002 do‘stlik va hamkorlik haqidagi bitim
54 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 29.07.2002 ikki tomonlama munosabatlar
53 Rossiya bayrogʻi Rossiya 06.06.2002 MDH sammiti[4]
52 Rossiya bayrogʻi Rossiya 17.05.2001 MDH sammiti
51 AQSH bayrogʻi AQSH 08.09.2000 BMT "Mingyillik majlisi" sammiti
50 Tojikiston bayrogʻi Tojikiston 05.07.2000 "Shanxay beshligi" sammiti
49 Rossiya bayrogʻi Rossiya 21-23.06.2000 oʻzaro hamkorlik, MDHga a’zo davlatlar boshliqlari kengashining majlisi
48 Eron bayrogʻi Eron 09-11.06.2000 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
47 Hindiston bayrogʻi Hindiston 03.05.2000 oʻzaro hamkorlik
46 Rossiya bayrogʻi Rossiya 24-25.01.2000 Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining sammiti[5]
45 Turkiya bayrogʻi Turkiya 18-19.11.1999 Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha sammit
44 Xitoy bayrogʻi Xitoy 08-09.11.1999 oʻzaro hamkorlik
43 AQSH bayrogʻi AQSH 23-25.04.1999 oʻzaro hamkorlik, NATOning 50 yilligi, Yevroatlantik sheriklik kengashi majlisi
42 Rossiya bayrogʻi Rossiya 02.04.1999 oʻzaro hamkorlik, MDH sammiti
41 Fransiya bayrogʻi Fransiya 06.11.1998 oʻzaro hamkorlik, UNESCO Ijroiya kengashi 155-sessiyasining yakunlovchi majlisi
40 Turkiya bayrogʻi Turkiya 29.10.1998 mamlakat Respublika deb e’lon qilinganligining 75 yilligi
39 Isroil bayrogʻi Isroil 14-16.09.1998 oʻzaro hamkorlik
38 Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon 08.09.1998 oʻzaro hamkorlik
37 Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston 10.06.1998 Ostona shahri
36 Rossiya bayrogʻi Rossiya 05-07.05.1998 oʻzaro hamkorlik
35 Rossiya bayrogʻi Rossiya 28-29.04.1998 MDH majlisi
34 AQSH bayrogʻi AQSH 05.02.1998 Solijon Sharipovni kutib olish
33 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 05.01.1998 Markaziy Osiyo sammiti
32 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 14.05.1997 Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) sammiti
31 Portugaliya bayrogʻi Portugaliya 02-03.12.1996 Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti
30 AQSH bayrogʻi AQSH 23-28.06.1996 oʻzaro hamkorlik
29 Italiya bayrogʻi Italiya 20-21.06.1996 oʻzaro hamkorlik
28 Fransiya bayrogʻi Fransiya 21-24.04.1996 oʻzaro hamkorlik, Amir Temur 660 yilligi
27 Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 06.02.1996 Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi majlisi
26 Rossiya bayrogʻi Rossiya 19.01.1996 MDH majlisi
25 AQSH bayrogʻi AQSH 22-24.10.1995 BMT majlisi
24 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 28.08.1995 Turkiy Kengash
23 Rossiya bayrogʻi Rossiya 08-10.05.1995 Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 50 yilligi
22 Janubiy Koreya bayrogʻi Koreya Respublikasi 15-17.02.1995 oʻzaro hamkorlik
21 Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 01.02.1995 Butunjahon iqtisodiy anjumani
20 Vengriya bayrogʻi Mojariston 05.12.1994 oʻzaro hamkorlik
19 Xitoy bayrogʻi Xitoy 24-26.10.1994 oʻzaro hamkorlik
18 Yaponiya bayrogʻi Yaponiya 16-19.05.1994 oʻzaro hamkorlik
17 Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 27-31.01.1994 Butunjahon iqtisodiy anjumani
16 Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston 16.01.1994 oʻzaro hamkorlik
15 Hindiston bayrogʻi Hindiston 03-05.01.1994 oʻzaro hamkorlik
14 Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik 22-25.11.1993 oʻzaro hamkorlik
13 Fransiya bayrogʻi Fransiya 27-30.10.1993 MDH sammiti
12 AQSH bayrogʻi AQSH 26-28.09.1993 BMT sammiti
11 Rossiya bayrogʻi Rossiya 06.08.1993 MDH sammiti
10 Turkiya bayrogʻi Turkiya 06.07.1993 oʻzaro hamkorlik, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammiti
9 Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 28.01.1993 Butunjahon iqtisodiy anjumani
8 Belorussiya bayrogʻi Belarus 22.01.1993 MDH sammiti
7 Finlandiya bayrogʻi Finlandiya 10.07.1992 Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti sammiti
6 Turkiya bayrogʻi Turkiya 29.05.1992 oʻzaro hamkorlik
5 Saudiya Arabistoni bayrogʻi Saudiya Arabistoni 11-13.04.1992 oʻzaro hamkorlik
4 Finlandiya bayrogʻi Finlandiya 26.02.1992 Yevropada Xavfsizlik Va Hamkorlik Kengashining Yakunlovchi Hujjati
3 Shveytsariya bayrogʻi Shveytsariya 02.02.1992 Butunjahon iqtisodiy anjumani
2 Turkmaniston bayrogʻi Turkmaniston 14.12.1991 oʻzaro hamkorlik
1 Rossiya bayrogʻi Rossiya 29.10.1991 oʻzaro hamkorlik

Mukofotlar

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning davlat mukofotlari[6].

Oʻzbekiston

# Mukofot Sanasi Sabab
1 «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Oltin Yulduz» medali 05.05.1994 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1048-XP-qarori asosida
2 «Mustaqillik» ordeni 29.08.1996 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 269-I-qarori asosida
3 «Amir Temur» ordeni 26.12.1997 yil O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori asosida

Sovet davridagi davlat mukofotlari

# Mukofot Sanasi Sabab
1 «Mehnat Qizil bayroq» ordeni 12.06.1981 yil SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 5057-X-farmoni asosida
2 «Xalqlar do‘stligi» ordeni 29.01.1988 yil SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 8409-XI -farmoni asosida

Chet el davlatlari mukofotlari va faxriy unvonlari

# Davlat/Tashkilot va uning mukofoti Sanasi
1 Seuldagi Sogang universiteti (Koreya Respublikasi) Faxriy fan doktori 1992 yil, iyun
2 Al-Azhar universiteti (Misr) Faxriy doktor 1992 yil, dekabr
3 Jawaharlal Neru nomidagi universitet (Hindiston) Faxriy huquq doktori 1994 yil, yanvar
4 "Ruhoniyat" maʼnaviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish assotsiatsiyasi (Qirg‘iziston) „Xalqlar o‘rtasida tinchlik va totuvlik uchun“ medali va diplomi 1994 yil, yanvar
5 Koreya Respublikasi Hukumati Katta „Mugunxva 2“ ordeni 1995 yil, fevral
6 Yevroosiyo xalqaro kikboksing federatsiyasi Xotira kubogi 1995 yil, mart
7 Xalqaro fan, sanoat, taʼlim va sanʼat akademiyasi (AQSh) Akademiya faxriy aʼzosi 1996 yil, yanvar
8 Xalqaro olimpiya qo‘mitasi Oltin medal 1996 yil, fevral
9 UNESCO „Avitsenna“ oltin medali 1996 yil, aprel
10 Boku davlat universiteti (Ozarbayjon) Faxriy doktor 1996 yil, may
11 Osiyo Olimpiya kengashi Oltin medal 1997 yil, may
12 Qozog‘iston Respublikasi „Altin kiran“ („Oltin burgut“) ordeni 1997 yil, iyun
13 G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot akademiyasi (Rossiya) Faxriy fan doktori 1998 yil, yanvar
14 Rus pravoslav cherkovi nomidan Toshkent va O‘rta Osiyo Yeparxiyasi I darajali Knyaz Daniil ordeni 1998 yil, fevral
15 Ukraina Respublikasi I darajali «Yaroslav Mudriy» ordeni 1998 yil, fevral
16 Aviatsiya va havoda suzish fanlari akademiyasi (Rossiya) Akademiki 1998 yil, dekabr
17 Fanlar oliy maktabi xalqaro akademiyasi (Rossiya) Akademik 1999 yil, may
18 Xalqaro havaskorlar kurash assotsiatsiyasi Oltin zanjir 1999 yil, may
19 Kurash bo‘yicha I xalqaro turnir (Rossiya) Kubok 1999 yil, sentyabr
20 "Ey-Ti-Pi" (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur raketka 1999 yil, sentyabr
21 "Fontis" universiteti (Niderlandiya) Faxriy doktor 2000 yil, sentyabr
22 O‘zbek kurashi bo‘yicha xalqaro turnir (Rossiya) Kubok 2000 yil, oktyabr
23 M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya) Faxriy professor 2001 yil, yanvar
24 Milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi „Besh qitʼa belgisi“ oltin ordeni 2001 yil, iyul
25 „Ey-Ti-Pi“ (Professional tennischilar assotsiatsiyasi) Billur globus 2001 yil, sentyabr
26 Merilend universiteti (AQSh) Faxriy yorliq va oltin medal 2002 yil, mart
27 Yahudiylar milliy markazi (AQSh) Terrorizmga qarshi kurashdagi ulkan hissasi uchun „Xalqaro yetakchi“ mukofoti 2002 yil, mart
28 Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) Davlatni boshqarish sohasidagi xizmatlar eʼtirofi mukofoti 2002 yil, mart
29 Xalqaro kurash assotsiatsiyasi Oltin orden 2002 yil, aprel
30 Vaseda universiteti (Yaponiya) Faxriy huquq doktori 2002 yil, iyul
31 Alkada de Enares universiteti (Ispaniya) „Sisneros“ medali va faxriy diplom 2002 yil, avgust
32 Litva Respublikasi Buyuk Vitautas ordeni 2002 yil, sentyabr
33 Budapesht shahri meriyasi (Vengriya) Budapesht shahri „Oltin kalit“i 2002 yil, oktyabr
34 Soka universiteti (Yaponiya) Faxriy doktor 2002 yil, dekabr
35 Ispaniya qiroli „Fuqarolik xizmatlari uchun“ ordeni 2003 yil, yanvar
36 Ispaniya Senati Medal va Ispaniya Konstitutsiyasining 1978 yilgi nusxasi 2003 yil, yanvar
37 Madrid shahar meriyasi (Ispaniya) Madrid shahri „Oltin kalit“i 2003 yil, yanvar
38 Sorbonna universiteti, Parij-Syud universiteti (Frantsiya) Prezidentlik faoliyati uchun faxriy diplomi 2003 yil, yanvar
39 „Andrey Pervozvanniy“ fondi (Rossiya) „Andrey Pervozvanniy“ oltin ordeni 2003 yil, may
40 Polsha Respublikasi „Xizmatlari uchun“ I darajali ordeni 2003 yil, iyul
41 Gruziya Respublikasi „Zolotoye runo“ ordeni 2003 yil, oktyabr
42 Bolgariya Respublikasi „Stara Planina“ ordeni 2003 yil, noyabr
43 „Rossiya kon sanoatchilari“ konchilik fanlari akademiyasi (Rossiya) Konchilik fanlari akademiyasining faxriy aʼzosi, „Rossiya konchisi“ oltin belgisi 2004 yil, fevral
44 T. Shevchenko nomidagi Kiev milliy universiteti (Ukraina) Universitet faxriy doktori 2004 yil, aprel
45 Xalqaro mukofotlar fondi (Latviya) „Karomatgo‘y muqaddas Nikolay“ oltin ordeni 2004 yil, aprel
46 Seul shahri meriyasi (Koreya Respublikasi) Seul shahri faxriy fuqarosi 2006 yil, mart
47 UNESCO „Borobodur“ oltin medali 2006 yil, sentyabr
48 YuNESKO „Aristotel“ oltin medali 2007 yil, avgust
49 YuNESKO „Buyuk ipak yo‘li“ oltin medali 2007 yil, oktyabr
50 Turkmaniston „Xormatli il yashulusi“ faxriy unvoni 2008 yil, oktyabr
51 Latviya Respublikasi „Uch yulduz“ ordeni 2008 yil, oktyabr
52 Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) O‘zbekiston Respublikasini davlat tomonidan samarali boshqariladigan bozor iqdisodiyotiga barqaror o‘zgartirishni taʼminlaganlik uchun faxriy mukofoti 2011 yil, fevral
53 Amerika — O‘zbekiston savdo palatasi (AQSh) Do‘stlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun“ mukofoti 2012 yil, avgust
54 G. Plexanov nomidagi Rossiya iqdisodiyot universiteti „Universitet oldidagi xizmatlari uchun“ faxriy ko‘krak nishoni 2013 yil, yanvar
55 Serbiya Respublikasi II darajali „Serbiya Respublikasi ordeni“ 2013 yil, fevral
56 Latviya Respublikasi „Eʼtirof xochi“ ordeni 2013 yil, oktyabr
57 Gruziya Respublikasi „Jasorat“ ordeni 2013 yil, oktyabr
58 Turkmaniston Mahtumquli nomidagi xalqaro mukofot 2014 yil, oktyabr
59 „Natsistlarga qarshi urush jangchilari va partizan-nogironlari ittifoqi“ tashkiloti (Isroil) „II jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 70 yilligi“ yubiley medali 2015 yil, mart
60 Xalqaro olimpiya qo‘mitasi „Sport va Olimpiya harakatini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun“ medali 2015 yil, iyun
61 Osiyo milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi va Osiyo olimpiya kengashi O‘zbekiston va Osiyoda futbolni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo olimpiya kengashi mukofoti 2015 yil, iyun
62 Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi (AIBA) „Xizmatlari uchun“ ordeni 2015 yil, iyul

Vafoti

Asosiy maqola: Islom Karimov vafoti

Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yil 2-sentabrida Toshkent vaqti bilan soat 20:55 da Toshkent shahrida bosh miyada qayta tiklanmaydigan oʻzgarishlarga va poliorgan yetishmovchiligiga olib kelgan miya qon aylanishining oʻtkir buzilishi (insult) oqibatida vafot etdi.[7]

Xotirasi

Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi qaroriga[8] asosan, quyidagilar:

Shuningdek:

  • O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosi tasvirlangan haykalni yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.
  • Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning xotirasini abadiylashtirish chora-tadbirlari rejasini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqildi.

Shu munosabat bilan:

  • Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etish;
  • O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov siymosini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlovda g‘olib deb topilgan haykallarni Toshkent shahrida, Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo‘lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o‘rnatish;
  • Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida (O‘zbekiston ko‘chasi, 45) Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish[9];
  • Samarqand shahrida Islom Karimov muzeyini tashkil etish;

quyidagi muassasa va obyektlarga:

  • Toshkent davlat texnika universitetiga;
  • Asakadagi avtomobil zavodiga;
  • Farg‘ona shahridagi San’at saroyiga;
  • Toshkent xalqaro aeroportiga;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish;
  • har yili 30-yanvar kunini keng nishonlash, 2-sentabr kunini Xotira kuni sifatida yod etish;
  • oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasini joriy etish;
  • Islom Karimovning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar, hujjatli va badiiy filmlar yaratish;
  • Islom Karimov siymosi aks ettirilgan maxsus pochta markalarini chiqarish haqida koʻrsatmalar berildi.

Mukofotlari

Karimov suveren va mustaqil Oʻzbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni taʼminlash, tarixiy adolatni tiklash ishiga qoʻshgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat koʻrsatganligi uchun "Mustaqillik" (1996), Amir Temur (1998) ordenlari bilan taqdirlangan. Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlarning va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan mukofotlangan.

Adabiyot

  • Eʼtirof (oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1995;
  • Oʻzbekistonning yangi tarixi, 3-j. (Mustaqil Oʻzbekiston tarixi), T., 2000;
  • Islom Karimov — Oʻzbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti (fotoalbom; oʻzbek, ingliz, rus tillarida), T., 1998;
  • Levitin L., Karlayl D. S, Islom Karimov — yangi Oʻzbekistan Prezidenti, T., 1996;
  • Levitin L., Узбекистан на историческом повороте, M., 2001;
  • Серия вожди народов — XX век, M., 1996;
  • Sharifxodjayev M., Формирование открытого гражданского общества в Узбекистане, T., 2002;
  • Amerikaga tashrif — Визит в Америку, T., 2002.[10]

Manbalar

Havolalar

VikiIqtibos
Vikiiqtibosda
Islom Karimov haqida sahifa mavjud.