Abdulloh ibn Abbos masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Abdulloh ibn Abbos masjidi
Abdulloh ibn Abbos
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Gʻulomiddin domla Ergashov
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Abdulloh ibn Abbos masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Abbos masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Gʻulomiddin domla Ergashov boʻlib, ushbu masjidga Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Ramadon mahallasi, Oqsoy koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, unga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, jumladan, Shodon koʻchasi, Beshqoʻrgʻon koʻchasi, Islomobod koʻchasi Alisher Navoiy koʻchasi, Oltin vodiy koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi[3]. Mazkur masjidda tahoratxona, honaqoh, imon-xatib xonasi, namozxonlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilib berilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh ibn Abbos jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 11-sentabr kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[4]. Masjidga mahalliy aholi vakillari, hamda, Zangiota tumani musulmonlar boʻlimi tomonidan Abdulloh ibn Abbos deb nom berilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АБДУЛЛОҲ ИБН АББОС ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „"АБДУЛЛОХ ИБН АББОС" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „Абдуллоҳ ибн Аббос жоме масжиди (Тошкент вилояти)“. old.muslim.uz. Muslim.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  4. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.