Oʻzbekiston jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Oʻzbekiston jome masjidi
Oʻzbekiston
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Komil domla Nishonov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Oʻzbekiston jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Zomin qishloq fuqarolar yigʻini Birlik mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Komil domla Nishonov hisoblanadi. Ushbu masjid Bekobod tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Jome masjid 700 kishiga yaqin boʻlgan xonaqoh, zamonaviy tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdakli onalar uchun maxsus alohida xonalar bunyod etilgan. Mazkur masjidga Birlik mahala fuqarolar yigʻini, Zomin mahala fuqarolar yigʻini, Zahiriddin Muhammad Bobir mahala fuqarolar yigʻini, Treakzor mahala fuqarolar yigʻini, Gulzor mahala fuqarolar yigʻini, Oʻrikzor mahala fuqarolar yigʻini, Yangi obod mahala fuqarolar yigʻini va Xos mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi mahalliy aholi vakillari, hamda, namozxonlar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston jome masjidining qachon bunyod etilganligi haqida toʻliq maʼlumot yetarli emas. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan, hamda, uning ustavi Toshkent viloyati adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidga mahalliy aholining talab va takliflariga binoan, eski mahalla nomi boʻlgan – „Oʻzbekiston“ deya nom berilgan. Jome masjid binosi mahalliy aholi vakillari, homiylar tomonidan taʼmirlab turiladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЎЗБЕКИСТОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „O‘zbekiston jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.