Rovat jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Rovat jome masjidi
Rovat
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Egamnazar domla Kuchakov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Rovat jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rovat jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Mustaqil Oʻzbekiston qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Nishon mahalla fuqarolar yigʻini Kitobxon koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Mustaqil Oʻzbekiston qishloq fuqarolar yigʻini, Qaynoq mahalla fuqarolar yigʻini, Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻazalkent mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Nur diyor mahalla fuqarolar yigʻini, Sohib Umar mahalla fuqarolar yigʻini, Ishonch mahalla fuqarolar yigʻini, Muruvvat mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Egamnazar domla Kuchakov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rovat jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 11-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"ROVOT" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  3. „"ROVOT" JOME' MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 5-noyabr 2023-yil.