Kontent qismiga oʻtish

Qoʻrgʻoni shams jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qoʻrgʻoni shams jome masjidi
Qoʻrgʻoni shams
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Shoxruh domla Artikov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Qoʻrgʻoni shams jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qoʻrgʻoni shams jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Birlik nomli qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Birlik qoʻrgʻoni, Qizil soy mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Shoxruh domla Artikov Hisoblanadi. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Jome masjid 0.80 gektar maydonga qurilgan boʻlib oʻziga 2500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladi. Masjid hududida maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Birlik qishloq fuqarolar yigʻini, Qizil soy mahalla fuqarolar yigʻini, Jandal mahalla fuqarolar yigʻini, Oq tepa mahalla fuqarolar yigʻini, Telov mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi abil mahalla fuqarolar yigʻini, Kamar mahalla fuqarolar yigʻini, Abiz mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Qoʻrgʻoni shams jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2005-yil 10-oktabr]] kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi.

  1. „ҚЎРҒОНИ ШАМС ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.