Imom al-Buxoriy masjidi (Zangiota)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Imom al-Buxoriy jome masjidi
Imom al-Buxoriy
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Qurbonali domla Yodgorov
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Imom al-Buxoriy masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Imom al-Buxoriy jome masjidi nomi bilan nafaqat Respublikamizning deyarli barcha viloyatlarida, balki, musulmon boshqa davlatlarda ham faoliyat yuritadigan boshqa masjidlar ham mavjud.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom al-Buxoriy jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Gagarin nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Mirzo Ulugʻbek shox koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Qurbonali domla Yodgorov hisoblanadi. Masjidga Mirzo Ulugʻbek shox koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, Gagarin qishloq fuqarolar yigʻidagi mahallalarda, Oʻzbekiston mahalla fuqarolar yigʻini koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom al-Buxoriy jome masjidi binosi bir necha yillar avval xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 3000 nafardan ziyod boʻlgan namozxonlarni va ziyorachilarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega. Masjid nomi mahalliy aholi vakillarining taklifiga bilan islom dini tarixining eng buyuk namoyondasi hisoblangan, ulkan salohiyat va bilim egasi boʻlgan zotlardan biri, ulugʻ bobomiz – „Imom al-Buxoriy“ ismi bilan nom berilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ИМОМ АЛ-БУХОРИЙ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „Imom al-Buxoriy jome’ masjidi“. www.cartogiraffe.com. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  3. „Зангиота тумани “Аммор ибн Ёсир” жоме масжиди“. fitrat.uz. fitrat.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.