Ertosh jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ertosh jome masjidi
Ertosh jome
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Rahmon domla Utanov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ertosh jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ertosh jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Qurama qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Ertosh nomli qishloqda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Rahmon domla Utanov Hisoblanadi. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetku hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha ajratilgan 1 gektar joyda pastki yertoʻla xonasi bilan qoʻshib hisoblanganda 2000 kishiga yaqin ziyod boʻlgan maʼmuriy xonalar, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdaklik onalar va bolalar uchun maxsus alohida xonalar barpo etildi. Mazkur masjidga Qurama qishloq fuqarolar yigʻini, Ertosh qishlogʻining koʻchalari, Ahmad obod mahalla fuqarolar yigʻini, Qamchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Sariq dala mahalla fuqarolar yigʻini, Saiyakka mahalla fuqarolar yigʻini, Koʻk saroy mahalla fuqarolar yigʻini, Moʻkkul mahalla fuqarolar yigʻini, Mashinatop mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ertosh jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu joyning nomi qilib – „Ertosh“ deya nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ЭРТОШ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Ertosh jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.