Qizil Qangʻli ota jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Qizil Qangʻli ota jome masjidi
Qizil Qangʻli ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Uekulsay qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Achchiqsoy mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20192020
Soʻngi imom Farrux domla Kurganov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Qizil Qangʻli ota jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil Qangʻli ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Uekulsay qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Achchiqsoy mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Uekulsay qishloq fuqarolar yigʻini, Ibn Sino mahalla fuqarolar yigʻini, Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini, Xosiyat mahalla fuqarolar yigʻini, Childirma mahalla fuqarolar yigʻini, Izzat mahalla fuqarolar yigʻini, Oxunboboyev mahalla fuqarolar yigʻini, Nafosat mahalla fuqarolar yigʻini, Boysun mahalla fuqarolar yigʻini, Chirchiq mahalla fuqarolar yigʻini, Ziyokor ota mahalla fuqarolar yigʻini, Tyanshan mahalla fuqarolar yigʻini, Farobiy mahalla fuqarolar yigʻini, Xonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Achchiqsoy mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi[3]. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Abdulmoʻmin domla Nurmanov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qizil Qangʻli ota jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli manbalar yetarli emas. 2020-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2000-yil 4-sentabr kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ҚИЗИЛ ҚАНҒЛИ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „Qizil Qangʻli ota jome masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  3. „"QIZIL QANGLI-OTA" MASJIDI“. statsnet.co. Qaraldi: 5-dekabr 2023-yil.