Abduqodir muhandis

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abduqodir Boqiyevdan yoʻnaltirildi)

Abduqodir muhandis, Abduqodir Boqiyev (1868-Samarqand — 1934) — xalq meʼmori, koshinsoz usta. Abduqodir muhandis 20- yillargacha Ulugʻbek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, Yangi Madrasa, Qoʻshhovuz mu-azzinxonasi kabi binolarning koshin-korlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30-yillarda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afgʻonistondagi Mozori Sharif va Oʻrta Osiyodagi koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan „Quyosh soati“ni qurgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil