Islom nuri jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Islom nuri jome masjidi
Islom nuri
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Ohangaron
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20182021
Soʻngi imom Farxod domla Qoʻshboyev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Islom nuri jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Ohangaron tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom nuri jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Ohangaron tumani, Qurama qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Koʻk saroy nomli mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Farxod domla Qoʻshboyev hisoblanadi. Ushbu masjid Ohangaron tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islom nuri jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2005-yil 22-noyabr kuni roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Islom nuri jome masjidi 1991-1992 yillarda hududdagi mahalliy aholi tomonidan 100-150 kishi sigʻimiga ega boʻlgan binoda hashar yoʻli bilan bunyod etilgan. Yillar davomida mahalliy aholi va hududdan oʻtuvchi yoʻlovchilar uchun xizmat qiladigan masjid 2018-yilda hashar yoʻli bilan qayta barpo etildi. Ushbu qayta qurish davomida masjidda namozxonlar uchun koʻplab qoʻlayliklarega boʻlgan honaqox barpo etildi. Masjidning yon bagʻridagi tepalikning bir qismi qisqartirilishi hisobiga masjid hududi va binosi kengaytirilib 300 kishilik sigʻimgacha oshirildi. Ochilgan maydonda 2021-yilda zamonaviy qoʻlayliklarga ega boʻlgan tahoratxona bunyod etildi. Yoʻlovchi ayollar uchun ham alohida maxsus tahoratxona va namozxona tashkil etildi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ИСЛОМ НУРИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Информация о компании“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „“Ислом нури” масжиди“. old.muslim.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.