Xasanboy ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xasanboy ota masjidi
Xasanboy ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Muxtor domla Abdujalilov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Xasanboy ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xasanboy ota jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Qizgʻaldoq nomli qishloq fuqarolar yigʻini, K. Gʻofurov mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Muxtor domla Abdujalilov boʻlib, ushbu masjidga Qizgʻaldoq qishloq fuqarolar yigʻini, K. Gʻofurov mahallasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, ushbu hududlarga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Xasanboy ota jome masjidi Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namoz vaqtlarida koʻplab namozxonlar, aholilar, hamda, yoʻlovchilar bilan gavjum boʻladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xasanboy ota jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Masjid binosi bir necha yillar oldin xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, ulamolar, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Xasanboy ota jome masjidi 1993-yildan boshlab qurilish ishlari boshlanib, to 1995-yillar davomida hashar yoʻli orqali barpo etilgan. Masjid hududi 0,245 gektar boʻlib, 3 dona xonaqoh 6 dona ustunli qilib qurilgan. Masjid 1200 nafar namozxonga moʻljallangan boʻlib, uning yonida 1898-yilda tashkil etilgan „Hasanboy ota“ qabristoni mavjud. Masjid 2007-yili mahalliy aholi va ustalar tomonidan qayta taʼmirlangan. „Hasanboy ota“ masjidi Zangiota tumaniga qarashli boʻlgan Qizgʻaldoq qishlogʻida joylashgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „ХАСАНБОЙ ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „"ХАСАHБОЙ ОТА" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.