Xos jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xos jome masjidi
Xos
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Zikriyo domla Norqulov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Xos masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1]. Jome masjid Bekobod tumanining eng chekka hududlardan birida joylashgan.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xos jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Xos qishloq fuqarolar yigʻini Birdamlik mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Ushbu masjid Bekobod tumanining chetki hududida joylashganligiga qaramay yoʻlovchilar, ziyoratchilar uchun oʻziga xos qulayliklar yaratilgan. Jome masjid 1500 kishiga yaqin boʻlgan xonaqoh, zamonaviy tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona, imom-xatib xonalari, kutubxona, dam olish xonalari bunyod etilgan. Jome masjid mahalliy aholi vakillari, hamda, Xos mahalla faollari va homiylar koʻmagida taʼmirlangan. Mazkur masjidga Xos mahala fuqarolar yigʻini, Birlik mahala fuqarolar yigʻini, Birdamlik mahala fuqarolar yigʻini, Takachi mahala fuqarolar yigʻinida yashovchi mahalliy aholi vakillari, hamda, namozxonlar tashrif buyurishadi. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Zikriyo domla Norqulov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xos jome masjidining kim tomonidan va qachon tashkil etilganligi haqida hozircha biror-bir dalil yoʻq, lekin, shu yerda yashovchi mahalla faollari va Bekobod tuman musulmonlar boʻlimi taklifiga binoan masjidga u joylashgan hudud nomi berilgan. Jome masjid Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan, hamda, uning ustavi Toshkent viloyati adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ХОС ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „Xos jome’ masjidi“. mapcarta.com. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.