Bobo mochin jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Bobo mochin jome masjidi
Bobo mochin
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil Parkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan I. Usmonov mahalla fuqarolar yigʻini 12-uy
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Dilsho domla Pulatov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Bobo mochin jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobo mochin jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Parkent tumani, Parkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan I. Usmonov mahalla fuqarolar yigʻini 12-uyda joylashgan[2]. Jome masjid uchun 0.45 gektar joyda 500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Parkent qishloq fuqarolar yigʻini, I. Usmonov mahalla fuqarolar yigʻini, Tafakkur mahalla fuqarolar yigʻini, Xok koʻza mahalla fuqarolar yigʻini, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Gulbogʻ mahalla fuqarolar yigʻini, Sariq soy mahalla fuqarolar yigʻini, Boyqozon mahalla fuqarolar yigʻini, Abdurauf Fitrat mahalla fuqarolar yigʻini, Ismat ota mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Dilsho domla Pulatov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bobo mochin jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1998-yil 10-avgust kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „БОБО МОЧИН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"БОБО МОЧИH" масжиди“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.