Jonjigit qori jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Jonjigit qori jome masjidi
Jonjigit qori
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻka
Manzil Gʻazalkent qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Maʼrifat mahalla fuqarolar yigʻini Gʻazalkent koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Xamidulla domla Turdimatov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Jonjigit qori jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻka tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonjigit qori jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻka tumani, Namuna qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini Doʻstlik koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0.40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Namuna qishloq fuqarolar yigʻini, Lolazor mahalla fuqarolar yigʻini, Xonobod mahalla fuqarolar yigʻini, Istiqlol mahalla fuqarolar yigʻini, Chashma mahalla fuqarolar yigʻini, Gʻuncha mahalla fuqarolar yigʻini, Doʻstlik mahalla fuqarolar yigʻini, Tonggi yulduz mahalla fuqarolar yigʻini, D. Joʻrabek mahalla fuqarolar yigʻini, Usmon Nosir mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Xamidulla domla Turdimatov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jonjigit qori jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Mustaqillik yillarining dastlabki paytlarida mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 1997-yil 25-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бўка тумани масжидлари“. masjid.uz. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.
  2. „"JONJIGIT QORI" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 30-noyabr 2023-yil.