Ammor ibn Yosir masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ammor ibn Yosir jome masjidi
Ammor ibn Yosir
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Ilyos domla Shokirov
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ammor ibn Yosir masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ammor ibn Yosir jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Nazarbek qishloq fuqarolar yigʻini, Qirgoʻzar mahalla fuqarolar yigʻini, F. Xoʻjayev koʻchasi 19 A-uyda joylashgan. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Baxtiyor domla Erdonov boʻlib, oʻzining mav’izalari bilan masjiddagi hamma namozlarda chiqish qiladi. Masjidga Maktab koʻchasiga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, Nazarbek qishloq fuqarolar yigʻidagi mahallalarda, Qirgoʻzar mahalla fuqarolar yigʻini koʻchalardan, guzarlardan, ovullardan, hamda, qishloqlardan ziyoratchilar, mehmonlar, mahalliy aholi vakillari, musofirlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ammor ibn Yosir jome masjidi binosi 1999-yil xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2002-yil 19-aprel sanada roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasida mazkur sanali 261-sonli xujjati asosida roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 450 nafardan ziyod boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega. Masjid nomi mahalliy aholi vakillarining taklifiga bilan islom dini tarixida eng munosib salohiyatga ega boʻlgan zotlardan biri boʻlgan – „Ammor ibn Yosir“ ismi bilan nom berilgan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]