Sirli jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sirli jome masjidi
Sirli
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Parkent
Manzil „Nomdanak“ qishloq fuqarolar yigʻini Navoiy koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Mansur domla Mansurov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Sirli jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Parkent tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sirli jome masjidi „Nomdanak“ qishloq fuqarolar yigʻini Navoiy koʻchasida joylashgan boʻlib, taxminan 1850-yillarda qurilgan. Masjidni „Sirli“ deb nomlanishi masjidni toshkentlik saxovatpesha bir boy tomonidan barpo etilgan boʻlib, uning kim ekanligi sir saqlanganligi sababli mazkur nom bilan atalib qolgan. Sobiq ittifoq vaqtida yopib qoʻyilgan va, kolxoz uchun ombor, kinoxona, choyxona sifatda foydalanib kelingan. 1980-yillarga kelib masjid qarovsiz holatga kelib qolgan. 1990-yillarning boshida mahalliy aholining tashabbusi bilan yana jome masjid sifatida foydalana boshlangan. 1998-yilda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatga olingan. 1850-yillarda qurilgan bino 2002-yili elektr simlarining qiska nosozligi tufayli buykul yonib ketgan. 2002-yilda 2004-yilgacha hashar yoʻli orqali yangi 22x18 metr keladigan zamonaviy koʻrinishga ega gumbazli jome masjid quriladi. Masjidga koʻshimcha tarzda 2004-2007 yillarda balandligi 15 metr boʻlgan yagona minora va 27x5 metrli 2 qavat boʻlgan ochik ayvon 11x3 metr keladigan ayvoncha, hamda, imom xatib xonasi, qorovulxona, omborxona, oshxona va tahoratxonalar qurib bitkazildi. 2008-yilda masjidning hovli qismi va tashqi devorlari milliy va zamonaviy uslubda Xorazm gʻishti bilan qurildi. 2014-yilda xonaqohning ichki qismi va ayvonlar milliy fargʻona uslubida naqshlandi. Hozirgi kunda jome masjidga Toshkent xalqaro islom akademiyasini tamomlagan Mansurov Mansur domla imom-xatiblik qilib kelmoqda[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"Сирли" Жомеъ масжиди“. uzorg.info. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.
  2. „СИРЛИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 4-dekabr 2023-yil.