Shayx Muxtor ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayx Muxtor ota masjidi
Shayx Muxtor Vali masjidi
Umumiy maʼlumot
Maqomi Meʼmoriy yodgorlik
Turi Masjid
Manzili „Ichan qalʼa“ mahallasi, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 9-uy
Shahar Xiva
Mamlakat Oʻzbekiston
Koordinatalar 41°22′59″N 60°21′57″E / 41.3830316200805°N 60.36581845579508°E / 41.3830316200805; 60.36581845579508 G OKoordinatalari: 41°22′59″N 60°21′57″E / 41.3830316200805°N 60.36581845579508°E / 41.3830316200805; 60.36581845579508 G O
Qurilishi boshlangan XIV asr
Qurilishi tugagan 1988-yil
Egasi Davlat mulkiga qarashli
Map
Shayx Muxtor ota masjidi xaritada

Shayx Muxtor ota masjidi (yoki Shayx Muxtor Vali masjidi) — Oʻzbekiston Respublikasining Xorazm viloyati Xiva shahridagi meʼmoriy yodgorlik. Ayrim manbalarga koʻra, masjid qurilishi XIV asrga oid boʻlib, 1988-yilda hozirgi koʻrinishini olgan. Bugungi kunda „Ichan-qalʼa“ MFY, Pahlavon Mahmud koʻchasi, 9-uyda joylashgan. XIII asrda yashab oʻtgan faylasuf Shayx Muxtor Vali sharafiga qurilgan.

Masjid Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan 2019-yil 4-oktyabrda Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan[1]. Hozirda „Ichan qalʼa“ davlat muzey-qoʻriqxonasi operativ boshqaruv huquqi asosida davlat mulki hisoblanadi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid Pahlavon Mahmud maqbarasining shimoliy qismiga tutash tomonda joylashgan boʻlib, baʼzi manbalarda XIV asrda, boshqasida 1810—1835-yillarda qurilgani aytiladi. Shayx Muxtor Vali nomiga qurilgan bu masjid XX asr birinchi yarmiga kelib, Sovetlarning mahalliy hukumati buyrugʻi bilan buzib tashlangan. Shunday boʻlsa-da, 1988-yilda qayta tiklangan. Masjid Said Aloviddin maqbarasi yonida, shaharning markaziy koʻchasida qurilganligiga Shayx Muxtor Valiga xivaliklar hurmati baland boʻlganining bir ishorati sifatida nisbat beriladi. Buzib tashlangan masjidni qayta tiklashda binoning saqlanib qolgan foto-suratlaridan keng foydalanilgan. Bundan tashqari, masjid ichida namoz oʻqigan xivalik qariyalar, mahalliy aholidan surishtirilib, arxiv hujjatlari asosida imorat tarhi tayyorlangan. Shayx Muxtorning dafn etilgan joyi boʻlgan maqbarasi Xivadan 20 chaqirim janubi-sharqiy tomonda, Ostona qishlogʻida joylashganligi aytiladi. Masjid 1997-yilda yana qayta rekonstruksiya qilingan[3].

Qurilish uslubi va joylashuv oʻrni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Orqasi tomonida 2 ta goʻrxona, halimxona va omborxona joylashgan. Masjidga yaqin va huddi shu nomdagi maqbarada esa Shayx Muxtor Valiy, uning rafiqasi, shuningdek, shayxga yaqin boʻlgan kishilarning qabrlari joylashgan. Maqbara turli xil hajmdagi toʻrtburchak gʻishtlardan bunyod etilgan. Yogʻoch oʻymakorligi bilan bezatilgan 4 ta eshik saqlanib qolgan boʻlib, ularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Masjid dastlab Xiva xoni Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806—1825)da taʼmir etilgan boʻlib, taʼmir jarayonida yangi ustunli ayvon va qorixona qurilgan[4].

Masjid binosida bugungi kunga kelib „Bir gumbaz“ oshxonasi xizmat koʻrsatmoqda.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ichan qalʼa

Bogʻbonli masjid

Juma masjid

Hasanmurod qushbegi masjidi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]