Umir masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Umir jome masjidi
Umir
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Nurali domla Mavlonov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Umir masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umir jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Qatortoq nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Qatortol jamoa xoʻjaligi, Bobur mahalla fuqarolar yigʻini 40-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Nurali domla Mavlonov boʻlib, ushbu masjidga Qatortol qishloq fuqarolar yigʻini, Bobur koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar, hamda, ushbu hududlarga yaqin boʻlgan mahalla fuqarolari yigʻinidan, guzarlardan, ovullardan va qishloqlardan mahalliy aholi vakillari, musofirlar, ziyoratchilar, mehmonlar tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Umir jome masjidi Toshkent shahriga yaqin boʻlgan hududda joylashganligi tufayli, masjidga doimiy ravishda Juma namozi, Ramazon va Qurbon hayiti namozlarida koʻplab namozxonlar, aholilar, yoʻlovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Umir jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Masjid binosi bir necha yillar oldin xalq hashar yoʻli bilan mahalliy aholi vakillari, homiylar, ulamolar, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1999-yil 8-sentabr kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan[3]. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 1500 nafardan ziyod boʻlgan namozxonlarni va ziyorachilarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „УМИР ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  2. „"УМИР" ЖОМЕЪ МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.
  3. „Информация о компании“. uzorg.info. Qaraldi: 27-noyabr 2023-yil.