Oqsaroy
Oqsaroy — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Temuriylarning soʻnggi daxmasi. O. qoʻshimcha daxma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) qukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. O. chortoq tarx/sh katta xona va qaramaqarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi jan.ga qaragan. Oʻrtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. O. qurilishida oʻsha davr meʼmorli-giga xos murakkab usullar qoʻllanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va oʻza-ro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan. Bezaklarning koʻp qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, koʻk ranglar oltin xal bilan oʻzaro uygʻunlashib ajoyib koʻrinish kasb etgan. Naqsh shakllari oʻzaro takrorlan-magan. Bir ravokdagi naqshda bir-biriga oʻxshamaydigan 67 xil bezakgul boʻlgan. Binoning tashqi meʼmorligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. O. temuriylar davri meʼmorligining noyob namunasi hisoblanadi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |