Imom al-Buxoriy masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qorasuv shahridagi juma masjidi

Imom al-Buxoriy masjidiQorasuv shahar markazida joylashgan jomʼe masjid.

Imomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjidning boshchisi, yaʼni masjid rahbari – Alouddin Mansur, bosh imom hatibi – Ibrohimjon domla.

Asos solinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Imom al-Buxoriy jom’e masjidi 1998-yili shayx Alouddin Mansur tashabbusi bilan bunyod etilgan. Masjidga oldingi holatida 1200 namozxon sigʻgan. 2006-yili masjid qayta taʼmirlangan va masjid oldiga ikki qavatli 4 ta katta xonadan iborat honaqohlar qurilgan hamda yangi 14 kishiga moʻljallangan tahoratxona va masjidning oʻng tarafiga 40 metrlik yangi minora barpo etilgan.

Joylashishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qirgʻiziston respublikasi Oʻsh viloyati Qorasuv shahrida joylashgan Minoraning ahamyati shundaki, u Qirgʻiziston hududi boʻyicha eng baland minora boʻlib hisoblanadi. Markaziy Osiyo boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydi, birinchi oʻrinni esa Toshkent shahridagi markaziy masjid minorasi egallaydi. Uning balandligi 60 metrni tashkil etadi.

Qayta qurilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 2006-yili qayta taʼmirlangandan keyin, masjid umumiy 4000 kishini oʻz bagʻriga sigʻdiradigan boʻldi. Ayrim holatlarda, masalan, iyd-ul fitr hayiti kunlari masjidga 6000 ga yaqin kishi keladi va ular ilojsizlikdan masjid tashqarisida namoz oʻqishadi.

Maʼlumotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1990-yili asos solingan.
  • 4000 kishini oʻz bagʻriga sigʻdira oladi.
  • 14 kishilik yangi hojatxona.
  • 40 metrlik bitta minora.
  • 3 ta katta masjidga kirish eshigi.
  • 22 ta umumiy eshiklar joylashgan.
  • Ikkinchi qavatga chiqish uchun moʻljallangan 4 ta yangi zinapoyalar.

Foto suratlari[tahrir | manbasini tahrirlash]