Chorsu (Samarqand)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Чорсу.JPG

ChorsuSamarkand (Registon)yazxm chorrahada joylashgan usti berk bozor-tim (18-asr). Tarixiy manbalarga kura, Tuman ogʻo tomonidan qurilgan. Telpakfurushon timi (14-asr oxiri) taxminan Ch.ning oʻrnida boʻlgan. Binoning tashqI devorlari 12 qirrali prizmani hosil kiladi. Olti tarafga qaragan ravoqlar va ular orqasidagi yoʻlaklar shaharning asosiy koʻchalari yoʻnalishlari boʻyicha qurilgan. Ravoqli tomonlarning oraliqlarida tarxlari uchburchak shaklida boʻlgan doʻkonlar joylashgan.

Yoʻlaklar usti kichik gumbazlar bilan, markaz katta gumbaz bilan yopilgan. Ch. yoʻlaklarining 6 ta boʻlgani shahar darvozalari soniga ishora — ramziy maʼnosi bor. Yoʻlaklarning yoʻnalishlari Registon madrasalari tomonlariga ham moye kelgan. Ch. binosi hozir ham attorlik doʻkonlari majmui.

Xayrulla Poʻlatov.