Abdidarun majmuasi
Abdidarun majmuasi — Samarqand qal’a devorining sharqiy tomoni (darun — ichkari)da joylashgan qadimgi ziyoratgoh. 9-asrda yashagan al-loma Abd Maʼziddin qabri atrofida turli binolar paydo boʻlib meʼmoriy ziyoratgohga aylandi. Markazida eng yirik bino — xonaqoh (15-asr) koʻzga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi va devor bezaklari Ulugʻbek davri meʼmor-ligi mahsuli ekanligidan darak bera-di. Ziyoratxona — jamoatxona masjid vazifasini oʻtagan. Xonaqohning ichida avliyoning maqbarasi bor. Ta’mirlash natijasida maqbara binosining dast-labki qiyofasi oʻzgarib ketgan. Hovli oʻrtasidagi sarhovuz chashmabuloq ustida boʻlgani uchun ham uning suvi qishin-yozin bir xilda saqlangan, aholi orasida shifobaxsh hisoblangan. Hovli atrofi-dagi hujralar va gʻarb tomondagi jome masjid 19-asrga oid. Masjid bezaklari orasida ustalar nomi saqlangan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
|