Hujra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Hujra — anʼanaviy oʻzbek meʼmorligidagi eng kichik xona; bir yoki bir necha kishiga moʻljallangan yotoqxona. Jamoat binolarida (madrasa, masjid, maqbara va boshqa ziyoratgohlar), turar joylarning tashqari qismida qurilgan. Yirik inshootlarda (madrasa va boshqalar) bosh peshtoq — yon tomonlaridan boshlab hovlini oʻrab quriladigan mujassamot keng tarqalgan; bunday inshootlardagi hujralar koʻpincha bir xil hajmda boʻladi; baʼzan burchak hujralar bir muncha kattaroq boʻlib, ulardan darsxona sifatida foydalanilgan.

Hujra termini madrasa maʼnosida ham qoʻllanilgan. Bu soʻz madrasalarning ikkinchi nomi boʻlgan. Hujjatlarda madrasa soʻzi bilan qariyb teng maʼnoda ishlatilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Jumanazar 2017, s. 53—54.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]