Buxoro namozgohi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Namozgoh masjididan yoʻnaltirildi)

Buxoro namozgohiBuxorodagi me’moriy yodgorlik. Shaharning jan. chekkasida, qoraxoniylar sulolasining yozgi qarorgohi o‘rnida barpo etilgan (1119). Masjid pishiq g‘ishtdan oddiy qilib qurilgan, atrofi baland devor bilan o‘ralgan. 16-asrdagi ta’mir davrida masjid binosiga tutashtirib 3 toqili va ustunli peshayvon qurilgan. Tarhi to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘lib, 3 asosiy xonadan iborat. O‘rtadagi murabba tarxli xona yassi gumbaz bilan, yonlaridagi xonalar balxi gumbaz bilan yopilgan. Asosiy xonaga peshtoq, yonidagi xonalarga dalonyo‘lakdan kirilgan. Peshtoqqa girih naqsh ishlangan, Qur’ondan ko‘chirilgan oyatlar bitilgan. Buxoro namozgohi me’morligida mehrob va uning atrofiga ishlangan koshinkori bezaklar alohida ajralib turadi. Unda Buxoro me’morligi va bezak san’atining an’analari o‘z ifodasini topgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil