Boboxon ota masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Boboxon ota masjidi
Boboxon ota
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Oʻrta Chirchiq
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Rustamov Hoshimjon[1]
Minoralar soni 1
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ismat ota masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jomeʼ-masjid boʻlib, Toshkent viloyatida joylashgan. Maskur masjid Vazirlar mahkamasi tasarrufida hisoblanib, Musulmonlar idorasi va Toshkent viloyati Musulmonlar boshqarmasi tomonidan faoliyat yuritadi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismat ota jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati hududidagi, Oʻrta Chirchiq tumani Oʻrta saroy mahallasi fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Maskur masjiga har kunlik 5 mahal namoz ibodatlarini ado qilish uchun Oʻrta Chirchiq tumanining turli joylaridan musulmon insonlar tashrif buyurishadi. Jumladan, Oʻrta saroy, Navroʻz, Toshloq, Oq oltin, Ozodlik, Beshboy, Koʻk boʻyin, Bogʻish, Nurli zamin va yana boshqa koʻchalarda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi vakillari tashrif buyurishadi. Shuningdek, Oʻrta Chirchiq tumanining Yuqori Chirchiq tumaniga tutashgan aholi vakillari va yoʻlovchilar, Ramazon va Qurbon hayit namozlarida va Juma namozlari vaqtlarida tashrif buyurishadi. Ismat ota jomeʼ-masjidi Toshkent shahrining Olmaliq, Ohangaron, Angren shaharlari, hamda, Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlarini bogʻlab turuvchi Ohangaron magistral yoʻlida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismat otajomeʼ-masjidining tashkil etilganligi haqida toʻliq va ishonchli manbalar kam. Masjidning yangi binosi 2021-yil 24-noyabr oyidan boshlab qurila boshlandi. Yangi binoning ilk tamal toshini Oʻrta Chirchiq tumani bosh imom-xatibi Jamoliddin domla Tursunov qoʻyib berdi. Yangi masjid ikki mingdan ziyod namozxonlarga moʻljallangan boʻlib, yangi va zamonaviy bino, hamda, 30-35 kishilik tahoratxonadan foydalanishlari mumkin boʻladi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „БОБОХОН ОТА ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  2. „Boboxon ota jome’ masjidi“. mapcarta.com. mapcarta.com. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.
  3. „“Бобохон ота” масжидига илк ғишт қўйилди“. old.muslim.uz. old.muslim.uz. Qaraldi: 25-noyabr 2023-yil.