Kontent qismiga oʻtish

Moʻyi muborak Ukkosha masjidi

Koordinatalari: 41°19′13.356″N 69°13′57.668″E / 41.32037667°N 69.23268556°E / 41.32037667; 69.23268556
Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ukkosha masjididan yoʻnaltirildi)
Masjid
Ukkosha masjidi
oʻzbekcha: Уккоша масжиди
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent shahri
Tuman Shayxontohur tumani
Manzil Samarqand Darvoza koʻchasi, 13A[1]
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Maqomi amalda
Holati amaldagi
Tarovih

41°19′13.356″N 69°13′57.668″E / 41.32037667°N 69.23268556°E / 41.32037667; 69.23268556

Ukkosha masjidi – Toshkentdagi meʼmoriy yodgorlik (15-asr). Chorsuning janubi-sharqida, Chorsu mahallasi Samarqand Darvoza koʻchasida joylashgan. Ukkosha masjidi Toshkentning eng mashhur hamda suvi shifobaxsh hisoblangan qadimiy Ukkosha bulogʻi nomi bilan atalgan (Chorsu mehmonxonasi qurilishi munosabati bilan Chorsu jari yon bagʻrida joylashgan buloq berkitib tashlangan). Mezanali darvozaxona (19-asr oxiri – 20-asr boshi), hovli, gʻarbda gumbazli xonaqoh, unga tutash ayvon va peshayvondan iborat (peshayvon va hovlining sharqidagi darvozaxona 20-asr oxirlarida qayta qurilgan). Xonaqoh devorlari qalin, 4 ravoqli. Gʻarbidagi ravoqqa mehrob ishlangan, qolgan ravoqlariga eshik oʻrnatilgan. Linga qismi boʻrtiqli, tashqi ravoq lingasi egri chiziqli. Gumbazi ravoqlarga tayangan. Gumbaz osti ravoqbagʻallari oʻziga xos. Ayvon ustunlari 4,8 va 16 qirrali, ustun koʻzagidagi madohillar nafis ishlangan. Ukkosha masjidi Xoja Ahror tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi[2].

Masjid 1991-yil may oyidan beri faoliyat yuritib keladi. 1998-yil 22-oktyabrda 107-sonli guvohnoma bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan[3]. Hozirgi imom-xatibi Madaliyev Ilhomjon[4].

  1. http://shosh.uz/moyi-muborak-ukkosha-jome-masjidi-tarihi/
  2. Moʻyi muborak Ukkosha masjidi“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi: 6-jild (Miriy — Parxish). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2003 — 704-bet. 
  3. Madaliyev, Ilhomjon „“Mo‘yi Muborak Ukkosha” jome’ masjidi tarixi (suratlari bilan)“. shosh.uz. Qaraldi: 8-aprel 2025-yil.
  4. „Мўйи муборак Уккоша жоме масжиди“. masjid.uz. Qaraldi: 8-aprel 2025-yil.