Ittifoq masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Ittifoq jome masjidi
Ittifoq
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Akmal domla Abdullayev
Gumbazlar soni 5
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Ittifoq masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kirad[1]. Ittifoq masjidi nomi bilan nomlanadigan masjid Toshkent shari, Sergili tumani, hamda, yurtimizning baʼzi viloyatida ham mavjud.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ittifoq jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan koʻchada joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Akmal domla Abdullayev hisoblanadi. Jome masjidga namoz oʻqish va ziyorat qilish uchun Ittifoq mahalla fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan barcha koʻcha va aholi yashash punktlari aholisi namoz ibodatini ado etish maqsadida tashrif buyurishadi. Masjidda namozxonlar uchun barcha qulayliklarga ega boʻlgan tahoratxona, bosh imom-xatib xona, fuqarolarni qabul qilish xonalari mavjud.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ittifoq jome masjidi binosi 1992-yil xalq hashar yoʻli bilan barpo etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 23-oktabr kunida roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 134-sonli buyruq bilan roʻyxatga olingan. Hozirda ushbu masjid oʻz bagʻriga 3000 nafardan ziyodroq boʻlgan namozxonlarni sigʻdira oladigan zamonaviy binoga ega boʻlgan. Masjid nomi aholi taklifiga koʻra oʻzi joylashgan „Ittifoq“ mahalla nomi bilan nomlangan boʻlib, hozirda mahallaning nomi boʻlgan „Istiqlol“ nomiga oʻzgartirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „ИТТИФОҚ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. masjid.uz. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.
  2. „"ИТТИФОК" МАСЖИДИ“. statsnet.co. statsnet.co. Qaraldi: 26-noyabr 2023-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent viloyati zangiota tumani „Ittifoq“ jome masjidining tashqi va ichki koʻrinishi