Kontent qismiga oʻtish

Abdukarim xoji jome masjidi

Koordinatalari: 41°36′45.000″N 70°5′29.620″E / 41.61250000°N 70.09156111°E / 41.61250000; 70.09156111
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Abdukarim xoji jome masjidi
Abdukarim xoji
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Boʻstonliq
Manzil Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini Abdumannop koʻchasi
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Ismoil domla Xayitnazarov
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

41°36′45.000″N 70°5′29.620″E / 41.61250000°N 70.09156111°E / 41.61250000; 70.09156111

Abdukarim xoji jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Boʻstonliq tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdukarim Xoji jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Boʻstonliq tumani, Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻiniga qarashli boʻlgan Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini Abdumannop koʻchasida joylashgan[2]. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun 0,40 gektar joyda 5500 kishiga yaqin boʻlgan namozxonlarga moʻljallangan bino, xonaqoh, tahoratxona, avtoturargoh, ziyoratchilar uchun maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Burchmulla qishloq fuqarolar yigʻini, Dilkash mahalla fuqarolar yigʻini, Dehqon obod mahalla fuqarolar yigʻini, Bogʻbon mahalla fuqarolar yigʻini, Salomatlik mahalla fuqarolar yigʻini, Yakkatut mahalla fuqarolar yigʻini, Abdumannop mahalla fuqarolar yigʻini, Chinobod mahalla fuqarolar yigʻini, Sohil boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Chorvoq boʻyi mahalla fuqarolar yigʻini, Ariqsoy mahalla fuqarolar yigʻini, Gulobod mahalla fuqarolar yigʻini, Shaxrixon mahalla fuqarolar yigʻini, Islomobod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi. Ushbu jome masjidning bosh imom-xatibi Ismoil domla Xayitnazarov hisoblanadi.

Abdukarim Xoji jome masjidi qachon va kim tomonidan asos solinganligi haqida deyarli maʼlumotlar yetarli emas. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan 2000-yil 11-mart kuni oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Jome masjid 2019-yilda mahalliy aholining faollari, nuroniylar, homiylar tashabbusi bilan jome masjid binosi qayta remont qilindi va namozxonlarga havola qilindi.

  1. „АБДУКАРИМ ҲОЖИ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.
  2. „"АBDUKARIM XOJI" jome' masjidi“. uzorg.info. Qaraldi: 3-dekabr 2023-yil.