Hazrati Bilol masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Hazrati Bilol masjidi
Hazrati Bilol
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Zangiota
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20182019
Soʻngi imom Ahmadjon domla Shamsixo‘jayev
Gumbazlar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Hazrati Bilol masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi.

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Bilol masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, Toʻla-bi koʻchasida joylashgan[1]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Ahmadjon domla Shamsixoʻjayev hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrati Bilol jome masjidi qachon barpo etilganligi haqida aniq va yetarli maʼlumotlar mavjud emas. Ushbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 21-Fevral kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Masjid 2018-yil 11-sentabr kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ulugʻ sahobiy nomi bilan atalgan „Hazrati Bilol“ jome masjidi ham qaytadan qurilib foydalanishga topshirildi. Bugungi kunda ushbu masjidda moʻmin musulmonlarimiz juma, hamda hayit namozlarini jamoat bilan ado qilishadi. Ushbu masjidning qurilish ishlari 2018-yilning yoz faslida boshlangan boʻlib, hozirda yangi qurilgan masjid 1050 nafardan ziyod boʻlgan namozxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Bundan tashqari „Hazrati Bilol“ masjid hududida namozxonlar uchun zamonaviy tahoratxona qurib bitkazilgan. Shuningdek, masjid hovlisining tom qismi ham gubbazlar oʻrnatilgan. 2020-yilda masjid kutubxonasi, qorovulxona, imom noib hamda, bosh imom xatib xonalarining qurilish jarayoni tugatilgan. – „Avvallari ushbu masjid moʻmin musulmonlarning ibodat qilishi uchun yaroqsiz holatga kelib qolgan edi“, deydi masjidning bosh imom xatibi Ahmadjon domla Shamsixoʻjayev. – Masjid asosan hashar yoʻli bilan qaytadan qurildi. Bugun zamon talablariga toʻla javob beradigan masjid barpo etildi. Masjidimiz qurilishida koʻmakdosh boʻlgan barcha yurtdoshlarimizdan Alloh taolo rozi boʻlsin! Haq taolo ikki dunyo saodatidan bahramand qilsin! deya taʼkidlab qoʻydi imom xatib[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „"ХОЗРАТИ БИЛОЛ" МАСЖИДИ“. statsnet.co. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „ХАЗРАТИ БИЛОЛ ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.