Turkman jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Turkman jome masjidi
Turkman
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Rahmonberdi domla Erkayev
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Turkman jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkman jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Bekobod nomidagi qishloq fuqarolar yigʻinida joylashgan Navoiy jamoa xoʻjaligi, Turkman koʻchasida joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Rahmonberdi domla Erkayev hisoblanadi. Tuman hokimligi tomonidan jome masjid uchun qoʻshimcha 0.5 gektar joyda 1000 kishiga yaqin boʻlgan maʼmuriy namozxonalar, xonaqoh, tahoratxona, maxsus alohida xonalar barpo etilgan. Mazkur masjidga Bekobod qishloq fuqarolar yigʻini, Turkman qishlogʻining koʻchalari, Alisher Navoiy mahalla fuqarolar yigʻini, Yuqori qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻini, Oʻrta qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻini, Pastki qoʻsh tamgʻali mahalla fuqarolar yigʻini, Segizsari mahalla fuqarolar yigʻini, Tuyachi mahalla fuqarolar yigʻini, Kukany mahalla fuqarolar yigʻini, Ming chinor mahalla fuqarolar yigʻini, Sarmich mahalla fuqarolar yigʻini, Yangi obod mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchilar tashrif buyurishadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkman jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazlib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. Mazkur masjidda namozxonlar uchun qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib, qoʻshni va chet ellik sayyohlarning tashrif buyurishini inobatga olib, ayollar uchun alohida namozxona, tahoratxona hamda, maxsus Ona va bola uchun alohida xonalari barpo etildi. Mazkur masjidga mahalliy aholining takliflariga koʻra shu joy koʻchasining nomi bilan – „Turkman“ deya nomlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ТУРКМАН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.
  2. „"ТУРКМАН" МАСЖИДИ“. allcompanies.by. Qaraldi: 29-noyabr 2023-yil.