Amirov Dadaxon jome masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Amirov Dadaxon jome masjidi
Amirov Dadaxon
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Bekobod
Yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik 20212022
Soʻngi imom Musurmonqul domla Fozilov
Gumbazlar soni 1
Minoralar soni 1
Qurilish materiali gʻisht, beton, marmar
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Amirov Dadaxon jome masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Bekobod tumanida joylashgan boʻlib, tumanning masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].

Joylashuvi va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amirov Dadaxon jome masjidi Toshkent viloyati hududidagi Bekobod tumani, Moʻyinqum qishloq fuqarolar yigʻini Avangard mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan[2]. Jome masjid 700 kishiga yaqin boʻlgan xonaqoh, zamonaviy tahoratxona, avtoturargoh, ayollar uchun tahoratxona va namozxona hamda yosh goʻdakli onalar uchun maxsus alohida xonalar bunyod etilgan. Mazkur masjidga Moʻyinqum mahala fuqarolar yigʻini, Saryuz mahala fuqarolar yigʻini, Avangard mahala fuqarolar yigʻinida yashovchi mahalliy aholi vakillari, hamda, namozxonlar tashrif buyurishadi. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Musurmonqul domla Fozilov hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amirov Dadaxon jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 1998-yil 29-sentabr kuni roʻyxatga olingan, hamda, uning ustavi Toshkent viloyati adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan. 2021-yil 11-oktabr kuni Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov Bekobod tumani tomon tashrif buyurib, „Amir Dadaxon“ masjidi binoning ilk tamal toshini qoʻyib berdilar. „Amirov Dadaxon“ masjidining eski binosi 150 kishiga moʻljallangan boʻlib, bu esa yozning issigʻiga, hamda, qishning sovuqli kunlarida namozxonlarga juda noqulay boʻlayotgan edi. Shu kabi kamchiliklarni inobatga olgan holda, rahbariyat bilan maslahatlashgan holda yangi masjid qurilishi boshlandi va 2022-yilda nihoyasiga yetdi. Amirov Dadaxon jome masjidining yangi binosi 450-500 kishilik quvvatga ega[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „АМИРОВ ДАДАХОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  2. „"Амиров Дадахон" масжиди“. orginfo.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
  3. „"Амиров Дадахон" масжиди обод бўляпти“. old.muslim.uz. O'MI. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.