Ulugʻnor (tuman)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ulug'nor Tumanidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search
Ulugʻnor tumani
Улугнорский район
tuman
Tarkibida Andijon viloyati
Maʼmuriy markazi Oqoltin
Hokim Maxsudov Donyorbek Tuychiyevich [1]
Rasmiy tillar Oʻzbek
Ulugʻnor tumani xaritada
Soat mintaqasi UTC+5

Ulugʻnor — Andijon viloyatidagi tuman. 1973-yil 26-dekabrda tashkil etilgan. Shimoldan Baliqchi, janubi-sharqdan Boʻz, gʻarb va shimoli-gʻarbdan Namangan viloyatining Namangan, Mingbuloq tumanlari, janubdan Fargʻona viloyati bilan chegaradosh. Tuman markazi — Oqoltin qishlogʻi.

Maʼmuriy bo‘linishi[tahrir]

Tuman maydoni — 0,44 ming kv. km. Ulugʻnor tumanida 4 ta qishloq fuqarolar yigʻini (Mingbuloq, Mingbuloq, Navoiy, Oqoltin) bor.

Geografiyasi[tahrir]

Tuman hududi tekislikdan iborat. Koʻchma qum tepalari koʻp. Iqlimi — keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — minus 4 daraja, iyulniki — 24-28 daraja. Yiliga oʻrtacha 195–200 mm. yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri — 235 kun. Tuman xoʻjaliklari Katta Andijon kanalidan suv oladi. Tuprogʻi oʻtloqi boʻz, kuchsiz shoʻrlangan tuproq.

Oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq, qamish, mingdеvona, yantoq, ajriq, yulgʻun, oqbosh, otquloq, qirqboʻgʻin, gʻumay, qoʻypеchak, yalpiz oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan echkiеmar, toshbaqa, tulki, quyon, ilon, kaltakеsak, qushlardan laylak, oʻrdak, chumchuq, soʻfitoʻrgʻay, qargʻa, musicha yashaydi.

Aholisi[tahrir]

Aholisi — 47,3 ming kishi. Aholisi asosan oʻzbeklar, shuningdek, qirgʻiz, tojik, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 kv. km.ga 133 kishi toʻgʻri keladi.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]