Angor tumani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Bu maqola vikilashtirilishi kerak.

nothumb

Iltimos, bu maqolani Vikipediya qoida va yoʻllanmalariga muvofiq tartibga keltiring.

Angor tumani
Ангорский район
tuman
Tarkibida Surxondaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Angor (shahar)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Soat mintaqasi UTC+5

Angor tumani 1952-yil 16-aprelda tashkil tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan Termiz tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi. 1979 yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387,3 kv .km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996). Tuman markazi – Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli – gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayron). Toshkent – Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar) – 14 km. Angor arigʻidan suvichadi . Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor. Tuman gʻalla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bogʻ va tokzor bor .

Angor tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 yil 16 aprelda tashkil etilgan. 1962 yil 24 dekabrda Ter-miz tumaniga birlashtirilgan. 1979 yil 4 dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqo‘rg‘on tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yig‘ini (Istiqlol, Do‘stlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6 – 4-asrlarda aholi manzillari bo‘lgan. Kushan podsholi-gi davrida (1–3-asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalʼasi Angorning markazi bo‘lgan. 6 – 7-asrlarda qalʼalar, qo‘rg‘onlar vujudga kelgan. O‘tmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qo‘nib o‘tadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, g‘arbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdog‘, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning o‘rtacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130 mm yog‘in tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining g‘arbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib o‘tadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sug‘oriladi. Tuprog‘i bo‘z, taqir, qumloq tuproq. Tuproq sho‘rlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi bo‘ylab shimoli-sharqdan janubi-g‘arb yo‘nalishida zovur qazilgan. Sho‘ra, yantoq, jing‘il, qiyoq, qamish, burgan kabi cho‘l o‘simliklari o‘sadi. Tuman hududining ko‘p qismi 484o‘zlashtirilganligi sababli cho‘ldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Aholisining aksari qismi o‘zbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1 km² ga o‘rtacha 218 kishi to‘g‘ri keladi. Aholisining 90%dan ortig‘i qishloqlarda yashaydi.Xo‘jaligi. Angor tumanida 8 jamoa xo‘jaligi, 104 dehqon-fermer xo‘jaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man g‘alla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bog‘dorchilik va tokchilik bilan ham shug‘ullaniladi. 1999/2000 o‘quv yilida 40dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 20559 o‘quvchi taʼlim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, "Orzu" kinoteatri aholiga xizmat ko‘rsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).[1]

Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi) hududi oʻrnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9-asr) aholi manzillari boʻlgan. Kushon podsholigi davrida (1-3-asr) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi. Angorning janubiydagi Zartepa qalʼasi uning maʼmuriy markazi boʻlgan. Kushon podsholigidan soʻng mavqey soʻndi. 6-7 – asrda bu erda hayot yangidan jonlandi. Katta – kichik qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga keldi . Bulardan yiriklari : Bolaliktepa, Yumoloqtepa, Gazlartepa, Kuchuktepa, Jovliqoʻrgʻon, Zangtepa, Zartepa, Kuyovqoʻrgʻon, Qarlamtepa, Qizqoʻrgʻon, Oʻrdalitepa . Oktyabr toʻntarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Keyingi vaqtda yangi – yangi koʻchalar ochildi, 1991 yil shaharchaga (shahar tipidagi posyolka) aylantirildi . Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq. Shaharchada madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor .

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil